"Eng faol buvijon"lar aniqlandi
Şahrixonda "Eng faol buvijon" körik-tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi.
Tuman oila va xotin-qizlar bölimi, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi hamkorligida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, yoş avlod tarbiyasida nuroniy onaxonlarning ögitlari va tarbiya maktabidan foydalaniş, imkoniyatlarini kengaytiriş, ularning oilani mustahkamlaş, farzand tarbiyasi, mahalladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş, milliy qadriyat va urf-odatlarimizni uluğlaş borasidagi boy hayotiy tajribalarini örganiş, keng tarğib etiş maqsadida ötkazilgan tanlovning tuman bosqiçi qiziqarli va öziga xos tarzda ötdi.
Uşbu maʼnaviy-maʼrifiy bellaşuvda tumanning turli mahallalaridan taşrif buyurgan 7 nafar ibratli va faol buvijon iştirok etib, ğoliblik uçun bellaşdi.


Bellaşuv davomida buvijonlarimiz özlarining boy hayot yöli, mehnat faoliyati, farzand va nabiralar tarbiyasidagi ibratli tajribasi, şuningdek, nutq madaniyati va sahna mahorati bilan tomoşabinlar hamda hakamlar hayʼatining yuksak eʼtirofiga sazovor böldilar.
– Oilalar mustahkamligi, farzandlar tarbiyasida buvijonlarning örni va roli nihoyatda katta, – deydi tanlov iştirokçisi, Buvayda mahallasida yaşovçi Momoxon Qorabayeva. – Uşbu jarayondagi öziga xos tutumlar, tajribalar qadimdan şakllanib kelgan. Buvijonlarning katta va boy hayotiy tajribasidan samarali foydalaniş, şubhasiz, oilani, jamiyatni mustahkamlaşga yordam beradi. Bu borada ötkazilayotgan tanlov ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Tanlovning yakuniy natijalariga köra, ğolib va faol iştirokçilar taşkilotçilar tomonidan taşakkurnoma hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri