Mahalla xotin-qizlar faollarining intellektual salohiyati sinovdan ötkazildi
Bugungi kunda mamlakatimizda mahalla instituti nufuzini oşiriş, xususan, jamiyat hayotining eng muhim böğini bölgan oilalar mustahkamligini taʼminlaşda mahalla xotin-qizlar faollarining örni va masʼuliyati tobora ortib bormoqda. Masʼuliyatli va şarafli vazifani sidqidildan ado etayotgan uşbu fidoyi ayollar nafaqat ijtimoiy muammolar yeçimida, balki yuksak bilim, tafakkur va maʼnaviy yetuklik borasida ham barçaga örnak bölişlari zarur.
Ana şunday ezgu maqsadlarni közlagan holda, xotin-qizlar faollarining intellektual salohiyatini yanada yuksaltiriş, ular örtasida kitobxonlik va bilimdonlikni keng tarğib qilişga qaratilgan «Zakovat» intellektual öyini taşkil etildi.

Bellaşuv iştirokçilarning zukkoligi, tezkor fikrlaş qobiliyati va jamoaviy hamjihatligini yana bir bor sinovdan ötkazdi. Öyin faollar uçun tajriba almaşiş va özaro hamkorlikni mustahkamlaş imkoniyati ham böldi.

Yakuniy natijalarga köra 1-örin Yaşnobod tumani jamoasiga, 2-örin — Yakkasaroy tumani jamoasiga, 3-örin — Mirobod tumani jamoasiga nasib etdi.
Ğolib jamoalar munosib taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA