“Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumiga start berildi
Bugun, 15-iyuldan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi uchun loyihalarni qabul qilish boshlandi.
Fuqarolar o‘z takliflarini 3-avgustga qadar Openbudget.uz portali orqali kiritishlari mumkin. Shuningdek, sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni ham shu muddatgacha taqdim etish imkoniyati mavjud.
Ta’kidlash lozimki, “Tashabbusli byudjet” xalqimizni birlashtiradigan, mavjud muammolarga aholining ishtirokida yechim topadigan katta ijtimoiy loyihaga aylandi. Aholining bu jarayondagi ishtiroki, moliyaviy savodxonligi, tashabbuskorligi yildan yilga oshmoqda.
Bu jarayonlarda deputatlarning ham ishtiroki kengaytirilib, saylovchi va deputat hamkorligi mustahkamlanmoqda. Har bir deputatning tanlagan loyihasiga ikki mavsum uchun jami 3,3 milliard so‘mlik mablag‘ ajratilmoqda. Bu esa joylardagi muammolarni hal etishda muhim omil bo‘layotir.
M.Komilova,
O‘zA