Tarğibot tadbirlari aholining huşyorligini oşirmoqda
Andijon viloyati IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi, boşqarmaning tuman, şahar yöl harakati xavfsizligi guruhlari xodimlari tomonidan “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik oylik doirasida qator tadbirlar ötkazilmoqda.
Jumladan, oylik doirasida Andijon, Asaka, Izboskan, Uluğnor va Qörğontepa tumanlarida ötkazilgan tadbirlarda köp yillar foydalanilib, maʼnan eskirgan transport vositalarini belgilangan tartibda röyxatdan çiqariş, şuningdek, avtomobil gaz töldiriş kompressor stansiyalari, avtoşohbekatlar, avtomobillarga servis xizmat körsatiş ustaxonalari hamda avtomobillarni yuviş şoxobçalarida faoliyat yuritayotgan masʼullar, aholi vakillari, haydovçilar iştirok etdi.


Suhbat va muloqotlar jarayonida transport vositalarining texnik sozligi, belgilangan xavfsizlik talablariga rioya etiş, qoidabuzarliklarning oldini oliş hamda yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, fuqarolarga yöl harakati xavfsizligi va transport vositalari daxlsizligini taʼminlaşga oid muhim tavsiyalar aks etgan eslatma va bukletlar tarqatildi.

Aholining huşyorligini oşirişga xizmat qilayotgan bu kabi tarğibot tadbirlari Andijon viloyatining barça tuman va şaharlarida izçil davom etmoqda.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri