Özbekiston – Belarus: xavfsizlik va qutqaruv sohasidagi amaliy şeriklik mustahkamlanmoqda
Maʼlumki, sönggi yillarda Özbekiston va Belarus örtasida nafaqat savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, balki aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş yönalişida ham yaqin hamkorlik aloqalari yölga qöyilgan.
Ana şunday dolzarb masalalarni muhokama qiliş va idoralararo aloqalarni yanada mustahkamlaş maqsadida Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov hamda Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Vadim Sinyavskiy örtasida rasmiy uçraşuv bölib ötdi.
Oçiq va konstruktiv ruhda keçgan muzokaralar davomida ikki davlat qutqaruv tuzilmalari örtasidagi amaliy şeriklikni yangi poğonaga olib çiqişga qaratilgan qator muhim kelişuvlarga erişildi.

Xususan, Özbekiston va Belarus qutqaruv idoralari örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan memorandum hamda boşqa qator muhim hujjatlar imzolandi.
Muloqot doirasida ikki davlat qutqaruv idoralari rahbarlari qator yönalişlarda hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi. Jumladan, kadrlar tayyorlaş sohasida tajriba almaşiş töğrisida memorandum imzolandi.
Şuningdek, idoralararo hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan qöşma amaliy tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.

Gulnoza Boboyeva,
ÖzA