Biznes-ombudsman: işbilarmonlar faoliyatidagi tösiqlar bartaraf etilmoqda
Mamlakatimizda xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş, tadbirkorlik subʼektlarining qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş hamda ularning erkin faoliyat yuritişi uçun qulay işbilarmonlik muhitini yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Bu borada tadbirkorlar bilan töğridan-töğri muloqot qiliş, joylardagi tizimli muammolar va byurokratik tösiqlarni bevosita örganib, ularga öz vaqtida yeçim topiş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana şunday oçiq muloqotlarning mantiqiy davomi sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil — Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev tomonidan tadbirkorlar uçun navbatdagi şaxsiy qabul ötkazildi.

Uçraşuvda işbilarmonlarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, sud-huquq, mulkçilik hamda ruxsatnomalar beriş jarayonidagi tösiqlar atrofliça muhokama qilindi.
Xususan, biznes vakillari tomonidan sud qaroriga nisbatan taftiş tartibida protest kiritişda kömaklaşiş, jinoyat işi doirasida huquqiy himoyani taʼminlaş hamda quriliş inspeksiyasi tomonidan zarar miqdori oşirib yuborilganiga oid murojaatlar körib çiqildi.

Şuningdek, mulkning boşqa zonaga kiritilgani, davlat obʼektlari va binolaridan tekin foydalaniş huquqi taʼminlanmayotgani, ekologik xulosa oliş hamda binodagi taqiq yeçilmagani sababli bank maʼlumotnomasini olişda yuzaga kelayotgan qiyinçiliklar böyiça bildirilgan eʼtirozlar atrofliça muhokama qilindi.
Muloqot yakunida barça masalalarni sinçiklab örganiş va amaldagi qonunçilik doirasida hal etiş böyiça masʼul xodimlarga topşiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qayd etilganidek, Biznes-ombudsman tomonidan ötkazilayotgan şaxsiy qabullar nafaqat alohida tadbirkorlarning muammolarini joyida hal etiş, balki işbilarmonlik muhitidagi tizimli kamçiliklarni aniqlaş va bartaraf etişda muhim mexanizm bölib xizmat qilmoqda. Qabul davomida kötarilgan har bir masala nazoratga olinib, ularning qonuniy yeçimi taʼminlanişi tadbirkorlarning davlat idoralariga bölgan işonçini yanada mustahkamlaydi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA