Sayyor sud: probatsiyadagi 11 kişiga yangi imkoniyat
Toşkentning Çilonzor tumanida ötkazilgan sayyor sudda probatsiya nazoratidagi şaxslarga yangi imkoniyatlar taqdim etildi. Bu jamiyatda xavfsiz muhitni yaratiş va adolat tamoyillarini mustahkamlaşga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Davlatimiz siyosatining asosiy tamoyillaridan biri – inson qadrini uluğlaş, xato qilgan şaxslarga imkoniyat beriş, ularni jamiyatga qaytarişdan iborat. Bu borada xalqimizga azaldan xos bölgan keçirimlilik, bağrikenglik va ezgulik tamoyillari muhim ahamiyat kasb etadi. 2026-yil 5-yanvarda qabul qilingan Prezident qarori bilan respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oşirişga qaratilgan yaxlit manzilli iş tizimi joriy etildi. Uşbu hujjat probatsiya nazoratidagi şaxslarga jamiyatda töğri yöl tutib, berilgan imkoniyatdan unumli foydalanişga yöl oçadi.
Masalan, Toşkent şahrining Çilonzor tumanida 900 nafarga yaqin fuqaro probatsiya nazoratida turadi. Ularga öz xatolaridan xulosa çiqarib, tuzaliş yöliga ötişlari uçun davlat tomonidan barça şaroitlar yaratilgan. Hududiy jinoyat işlari böyiça sudlar bilan hamkorlikda ötkazilayotgan “Sayyor sud” majlislari va sayyor qabullar bu borada ularga yaqin kömakçi. Jarayonda qatnaşuvçilar probatsiya nazoratidagi şaxslarga davlatning adolatli siyosatini, keçirimlilik prinsiplarini va muammolarni birgalikda hal qiliş mumkinligini yaqqol misollar orqali tuşuntirib ötişadi.
Navbatdagi sayyor sud majlisida jazo muddatini ötab kelayotgan 11 nafar mahkumning jazosi tuzaliş yöliga ötganligi munosabati bilan şartli ozod etildi. Ular tuzaliş yöliga ötgani va belgilangan taqiq hamda majburiyatlarni vijdonan bajarib kelayotgani uçun şunday qarorga loyiq topildi. Çilonzor tumani sudyalari har bir fuqaroning xatti-harakatini çuqur örganib, öz qarorlarini eʼlon qildi.
Çilonzor tuman IIO FMB Probatsiya bölimi taqdim etgan maʼlumotga köra, jazo muddatini ötab kelayotgan 60 nafar mahkum bilan tuman kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligiga kömaklaşiş markazi xodimlari iştirokida navbatdagi "Işga marhamat" tadbiri ötkazilib, şundan 17 nafari iş bilan band etildi.
Eʼtiborli jihati, vaqtni tejaş maqsadida mazkur jarayonda 3 nafar sudya iş olib bordi. Ulardan biri rus tilida sözlaşuvçi fuqarolarga probatsiya qoidalarini alohida tuşuntirib, taqdim etilgan işlarni körib çiqdi.
Şu bilan birga, jazo ötaşdan qasddan böyin tovlab kelayotgan, probatsiya qoidalariga rioya etmayotgan şaxslarga nisbatan qatʼiy çoralar körildi. 5 nafar mahkumning ötalmay qolgan jazo muddati oğirroq jazo turi bilan almaştirildi.
Sayyor sud jarayonida advokatlar, Içki işlar bölimi probatsiya xizmati rahbarlari, tuman prokuraturasi vakillarining fikrlari eşitildi. Probatsiya nazoratidagi har bir şaxs bilan alohida suhbatlaşilib, ularning muammolari tinglandi. Ayrim masalalar şu yerning özida hal etilgan bölsa, muddat talab qiladigan muammolar böyiça masʼullarga topşiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Sanjar Toşpölatov,
Nişonboy Abduvoyitov, Uluğbek Töxtayev (video),
ÖzA