Taniqli ijodkorlar iştirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etildi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularning badiiy adabiyotga bölgan qiziqişini oşiriş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş hamda millatlararo totuvlik va döstlikni mustahkamlaş maqsadida “Maʼrifat ulaşib” loyihasi doirasida qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etildi.
Loyiha doirasida institutga Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi huzuridagi Bolalar va ösmirlar adabiyoti kengaşi raisi, taniqli şoir, “Şuhrat” medali sohibi Orif Töxtaşev, Qoraqalpoğiston xalq yozuvçisi, “Döstlik” ordeni va “Şuhrat” medali sohibi, filologiya fanlari nomzodi Allanazar Abdiyev hamda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoir Muhammadali Ğafforov taşrif buyurdi.

Mehmonlar dastlab institutning yangi öquv binosida Ajiniyoz Qösiboy öğlining 200 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan muzey faoliyati bilan tanişdi. Muzey ekspozitsiyasidan örin olgan eksponatlar, atoqli şoir hayoti va ijodiga oid maʼlumotlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ular muzey faoliyatiga yuqori baho berib, esdaliklar kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

Şuningdek, taniqli ijodkorlar institutda tahsil olayotgan yoşlar bilan uçraşdi. Muloqot davomida mehmonlar qoraqalpoq, özbek va jahon adabiyotining özaro uzviy aloqalari, adabiyotning yoş avlod maʼnaviy kamolotidagi örni, ijodkorlik masʼuliyati hamda badiiy ijodning öziga xos jihatlari haqida fikr-mulohazalar bildirdi. Yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ijodiy faoliyatlarini rivojlantiriş yuzasidan qimmatli tavsiyalarga ega böldi.

Loyiha doirasidagi tadbirlar “Biz – bir oila farzandlarimiz!” mavzusidagi millatlararo totuvlik bayrami bilan davom etdi. Unda institutning “Tömaris” xalq ansambli, “Siy perde”, “Tarannum”, “Baldauren” ansambllari hamda iqtidorli talabalar tomonidan turli millatlarning milliy qöşiqlari va raqslari ijro etildi. Rang-barang badiiy çiqişlar turli millat va elat vakillarining yagona Vatan atrofida birlaşuvi, özaro hurmat, döstlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni özida mujassam etdi. Mehmonlar köp millatli institut jamoasi va talabalarining ahilligi, özaro döstligi hamda milliy qadriyatlarga bölgan hurmatini alohida eʼtirof etdi.

Taşrif doirasida ijodkorlar Nukus şahridagi “Kök özak” mahalla fuqarolar yiğinida yoşlar va hudud faollari bilan ham uçraşdi. Uçraşuv davomida maʼnaviyat, adabiyot, yoşlar tarbiyasi va ezgu taşabbuslarning jamiyat hayotidagi ahamiyati yuzasidan fikr almaşildi. Şundan söng mehmonlar mahalla boğiga köçat ekib, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlariga öz hissalarini qöşişdi.

Taʼkidlaş joizki, “Maʼrifat ulaşib” loyihasi doirasida taşkil etilgan uşbu tadbirlar talaba-yoşlarning adabiyot va sanʼatga qiziqişini oşiriş, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş hamda jamiyatda döstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri