Raqamli kon: OKMK konlarining 3D modellari yaratilmoqda
Bugungi kunda Olmaliq kon metallurgiya kombinatida konçilik sohasiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş, işlab çiqariş jarayonlarini raqamlaştiriş va konlarning aniq elektron modellarini yaratiş borasida izçil işlar olib borilmoqda.
Ayni kunlarda jamiyat OKMK Markşeyderlik bölimi mutaxassislari tomonidan «Kovuldi» hamda Angren kon boşqarmalariga qaraşli konlarda zamonaviy geodezik texnologiyalar asosida markşeyderlik işlari amalga oşirilmoqda.

Xususan, konlarning uç ölçamli (3D) raqamli modellarini yaratiş maqsadida mazkur kon boşqarmalari şaxtalarida zamonaviy Scanner P50 lazer skaneri yordamida skanerlaş işlari bajarildi.
Uşbu texnologiya orqali kon hududlari, yer osti kon lahmlari va mavjud inşootlar haqida yuqori aniqlikdagi fazoviy maʼlumotlar olindi. Töplangan maʼlumotlarni maxsus dasturlar yordamida qayta işlaş va tahlil qiliş natijasida şaxtalarning uç ölçamli raqamli modellari şakllantirildi.

Yaratilgan 3D modellar konlarning hozirgi holatini virtual tarzda köriş va baholaş, kon lahimlarining aniq geometrik ölçamlarini belgilaş, markşeyderlik nazoratini samarali taşkil etiş hamda kon işlarini puxta rejalaştiriş imkonini beradi.

Şu bilan birga, Angren kon boşqarmasiga qaraşli Çumovul konida ham zamonaviy texnologiyalar asosida işlar davom etmoqda. Ayni paytda bu yerda uçuvçisiz uçiş apparati — dron yordamida aerosuratga oliş işlari olib borilmoqda.

Jarayon davomida kon hududining yuqori aniqlikdagi aerosuratlari olinib, ular maxsus dasturiy taʼminotlar orqali qayta işlanadi. Natijada hududning ortofotoplani, relefning raqamli modeli va topografik planini yaratiş közda tutilgan.

Mazkur işlar kon hududining joriy topografik holatini aniqlaş, yer yuzasi relefini batafsil örganiş, kon işlarini loyihalaştiriş va markşeyderlik taʼminoti sifatini yanada oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng muhimi, zamonaviy lazer skanerlari va dron texnologiyalarining qöllanilişi konçilik sohasida aniqlik, tezkorlik va samaradorlikni oşirişga xizmat qiladi. Bu esa OKMKda raqamli konçilikni rivojlantiriş yölidagi muhim qadamlardan biridir.
ÖzA