Tadbirkorlikka qiziqqan yoşlar uçun yangi imkoniyatlar
Angren şahrida "Yoşlar, deputatlar va tadbirkorlar" mavzusida oçiq muloqot va biznes-trening taşkil etildi.
Angren universitetining Iqtisodiyot va huquq fakulteti, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toşkent viloyati Kengaşi hamkorligida taşkil etilgan tadbirda asosiy eʼtibor yoşlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini oşiriş, ularga öz biznesini yölga qöyiş uçun zarur bilim va könikmalarni berişga qaratildi.
Uçraşuvda Angren universiteti rektori Şuhrat Mutalov, professor-öqituvçilar, partiya faollari, tajribali tadbirkorlar hamda talabalar iştirok etdi.
Tadbirning amaliy qismida öz biznesini boşlaş istagida bölgan yoşlar uçun soha mutaxassislari va tadbirkorlar iştirokida biznes-trening ötkazildi. Unda mutaxassislar tomonidan biznes ğoyani şakllantiriş va uni amalga oşiriş, tadbirkorlik faoliyatini boşlaşning dastlabki bosqiçlari, biznes-reja va harakatlar yöl xaritasini işlab çiqiş, soliq tizimi talablari, mijozlar bilan samarali işlaş, mahsulot va xizmatlar narxini belgilaş kabi masalalar yuzasidan amaliy tuşunçalar berildi.
Maşğulotlarning tadbirkorlar tajribasi asosida taşkil etilgani iştirokçilar uçun ayniqsa ahamiyatli böldi. Yoşlar nazariy bilimlar bilan birga, biznes yuritiş jarayonida uçraydigan muammolar, ularning yeçimlari va muvaffaqiyatli faoliyat olib boriş omillari bilan ham tanişdilar. Bu esa öz biznes ğoyalarini tahlil qiliş va mustaqil faoliyatni boşlaş uçun zarur könikmalarni şakllantirişga xizmat qildi.
— Bugungi kunda yoşlarning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularning iqtisodiy faolligini oşiriş va mustaqil biznes yuritişi uçun zarur şaroitlarni yaratiş dolzarb vazifalardan biridir. Çunki tadbirkorlik nafaqat şaxsiy daromad manbai, balki yangi iş örinlarini yaratiş, aholi bandligini taʼminlaş va hududlar iqtisodiy salohiyatini oşirişning ham muhim omili hisoblanadi. Partiyamizning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida yoşlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini röyobga çiqarişga qaratilgan beğaraz öquv kurslari, mahorat darslari va biznes-treninglarni taşkil etişni maqsad qilganmiz. Bunda asosiy eʼtibor öz biznesini boşlaş istagida bölgan, biroq dastlabki qadamlarni qanday taşlaş, biznes ğoyasini qanday amalga oşiriş borasida yetarli bilim va tajribaga ega bölmagan yoşlarga amaliy yordam körsatişga qaratiladi, – ÖzLiDeP Toşkent viloyati Kengaşi raisi Tölqinjon Fayziyev.
Tadbir doirasida universitetning bir guruh vakillari partiya aʼzoligiga qabul qilindi. Taʼkidlaş joizki, bunday amaliy maşğulotlar va mahorat darslarini Toşkent viloyatining barça hududlarida bosqiçma-bosqiç taşkil etiş rejalaştirilgan. Uşbu taşabbuslar orqali hududda 10 ming nafardan ortiq yoşlar va xotin-qizlarni qamrab oliş közda tutilgan.
Zero, tadbirkorlikni boşlaş uçun faqat yaxşi ğoyaning özi kifoya emas. Uni amalga oşiriş yöllarini biliş, bozor talabini anglaş, moliyaviy rejalaştiriş va töğri qaror qabul qiliş ham muhim. Mazkur öquv va amaliy maşğulotlar ana şu könikmalarni şakllantiriş, yoşlar hamda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oşirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
A.Musayev,ÖzA