Taʼlim klasteri – raqobatbardoşlikning yangi omili
Jahon iqtisodiyoti jadal özgarişi, texnologiya taraqqiyoti va mehnat bozoriga yangi talab oliy taʼlim oldiga ham muhim vazifa qöymoqda: zamonaviy bilimga ega, amaliy könikmani puxta egallagan va innovatsion fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlaş. Yaʼni, universitetlar faoliyati faqat taʼlim beriş bilan çeklanmay, ilmiy izlaniş, işlab çiqariş va iqtisodiyot bilan uzviy boğlaşni taqozo etmoqda.
Endi universitetlar bilim beriş barobarida yangi ğoya va texnologiya yaratiladigan, ilmiy işlanma amaliyotga tatbiq etiladigan, inson kapitali rivojiga xizmat qiladigan muhim markazga aylanişi lozim. Şu maʼnoda taʼlim klasterini rivojlantiriş oliy taʼlim tizimini zamon talabiga moslaştirişning istiqbolli yönalişidir.
Taʼlim klasteri oliy öquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot taşkilotlari, korxona va kompaniyalar hamda davlat idoralari örtasidagi maqsadli hamkorlik tizimi sifatida mavjud ilmiy, moddiy va intellektual resurslarni birlaştirib, bilim almaşinuvini kuçaytiradi, tadqiqot natijasini amaliyotga joriy etib, taʼlimni iqtisodiyot ehtiyojiga yaqinlaştiradi.
Bunday yondaşuvga ehtiyoj, avvalo, taʼlim va mehnat bozori örtasidagi nomutanosiblik bilan boğliq. Ayrim sohalarda mutaxassislarga talab ortayotgan bir payt, bitiruvçining nazariy bilimi bilan iş beruvçi kutayotgan amaliy könikma örtasida tafovut saqlanib qolmoqda. Taʼlim klasteri ayni uzilişni bartaraf etiş, öquv jarayonini asl iqtisodiy jarayon bilan boğlaş imkonini beradi.
Bunday modelda universitet taʼlim va ilmiy salohiyatni birlaştirsa, ilmiy-tadqiqot taşkiloti yangi bilim va texnologiya yaratadi. Biznes va işlab çiqariş subʼekti nazariyani amaliyotga tatbiq etiş, innovatsion işlanmani tijoratlaştiriş hamda mutaxassisga nisbatan ehtiyojni aniqlaşda iştirok etadi. Davlat esa hamkorlik uçun zarur huquqiy va taşkiliy şaroit yaratadi.
Şu tariqa universitet – ilm-fan – biznes – davlat hamkorligi taʼlim, tadqiqot va işlab çiqariş örtasida uzluksiz aloqani şakllantiradi. Natijada oliy taʼlim dargohining ilmiy salohiyati mustahkamlanib, jamiyat va iqtisodiyotdagi ahamiyati oşadi.
Xalqaro reyting va klaster hamkorligi
Bugun oliy taʼlim muassasalarining xalqaro nufuzi va raqobatbardoşligi köp jihatdan global taʼlim maydonidagi örni bilan baholanmoqda. “QS World University Rankings” va “Times Higher Education World University Rankings” kabi nufuzli reytinglarda ilmiy faoliyat, akademik obrö, xalqaro hamkorlik, ilmiy naşr taʼsirçanligi, xorijiy talaba va professor-öqituvçilar uluşi, iş beruvçi bilan aloqa muhim örin tutadi.
Mazkur körsatkiçlarni alohida tadbir yoki faqat reyting talabiga moslaştirilgan çora bilan barqaror yaxşilab bölmaydi. Buning uçun universitetda mustahkam ilmiy maktab, samarali akademik muhit, xalqaro tadqiqot tajribasi va işlab çiqariş bilan amaliy hamkorlik şakllangan bölişi zarur.
Taʼlim klasteri aynan şu jarayonni özaro boğlaşga xizmat qiladi. Ilmiy muassasa bilan hamkorlik qöşma tadqiqot va ilmiy naşr faoliyati kölamini kengaytirsa, xorijiy universitet bilan aloqa xalqaro akademik integratsiyani kuçaytiradi. Biznes subʼekti bilan yölga qöyilgan hamkorlik esa talabani amaliy loyihaga jalb etiş, ilmiy işlanmani sinovdan ötkaziş va joriy qiliş imkonini beradi.
Natijada taʼlim sifati, tadqiqot samaradorligi va bitiruvçining mehnat bozoridagi raqobatbardoşligi oşadi. Bu körsatkiçlar universitetning xalqaro reytingdagi mavqeiga ijobiy taʼsir körsatadi. Demak, taʼlim klasteri reytingda yuqori örinni kafolatlaydigan vosita emas, balki taʼminlaş uçun zarur akademik va ilmiy muhitni şakllantiruvçi tizimli mexanizmdir.
Özbekiston uçun yangi imkoniyatlar
Mamlakatimizda oliy taʼlimni xalqaro standart asosida rivojlantiriş, universitetlarning ilmiy salohiyatini oşiriş va global reytingdagi örnini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, kamida 10 taʼlim muassasasini xalqaro reytinglar TOP-1000 röyxatiga kiritiş vazifasi belgilangan.
2026-yil tizimda ilgari surilgan 5T tamoyili – taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlaştiriş va tizimli takomillaştiriş ham ayni yönalişga nisbatan muhim yondaşuvdir. Şuningdek, “U10 – Özbekistonning global ilğor universitetlari” dasturini amalga oşiriş, ilmiy klasterni rivojlantiriş va oliy taʼlim muassasalarining xalqaro reytingdagi natijasini yaxşilaşga qaratilgan vazifalar ham belgilangan. Maqsadga erişiş universitetlar ilmiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş, professor-öqituvçilar uçun tadqiqot imkoniyatini kengaytiriş, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş va taʼlim jarayonini mehnat bozori bilan boğlaşni talab etadi. Yaʼni, taʼlim klasteri amaliy natijaga yönaltirilgan hamkorlik maydoni böla oladi. Masalan, iqtisodiyot yönalişidagi klaster doirasida universitet, ilmiy markaz, bank, korxona, konsalting kompaniyasi va davlat taşkiloti hamkorlik qiladi. Bunday tizimda talaba real iqtisodiy loyihada iştirok etadi, professor-öqituvçilar işlab çiqariş subʼekti bilan birga tadqiqot olib boradi. Şu tariqa ilmiy natijani esa amaliyotda qöllaş imkoni paydo böladi.
Jarayonning ahamiyati universitetda olingan bilim işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalaridagi aniq ehtiyoj bilan uyğunlaşuvida. Iş beruvçi taʼlim tizimiga jalb etiladi, talaba diplom olguniga qadar kasbiy faoliyatning asl talabi bilan tanişib boradi. Umuman, taʼlim klasteri samarasini uç asosiy yönalişda köriş mumkin.
Birinçidan taʼlimning amaliy ahamiyati ortadi. Nazariy bilim iş jarayonidagi tajriba bilan boyitilib, bitiruvçining kasbiy tayyorgarligi mustahkamlanadi.
Ikkinçidan ilmiy-tadqiqot faoliyati yangi bosqiçga kötariladi. Universitet va ilmiy taşkilot hamkorligi qöşma loyiha, ilmiy maqola, patent hamda innovatsion işlanma uçun imkon yaratadi.
Uçinçidan iqtisodiy samaradorlik taʼminlanadi. Ilmiy natijani işlab çiqarişga joriy etiş, startapni qöllab-quvvatlaş va yangi texnologiyani tijoratlaştiriş orqali ilmiy salohiyatning amaliy qiymati oşadi.
Reyting emas, real salohiyat muhim
Oliy taʼlim rivojida muhim mezon bölsa-da, xalqaro reytingni yakuniy maqsad sifatida qabul qiliş töğri emas. Reyting, avvalo, universitetdagi akademik muhit, ilmiy faoliyat va xalqaro hamkorlik darajasini aks ettiruvçi körsatkiçga aylanişi lozim. Agar oliy taʼlim muassasasida kuçli ilmiy maktab şakllansa, tadqiqot sifati yaxşilansa, xalqaro akademik aloqa kengaysa va biznes bilan samarali hamkorlik yölga qöyilsa, ijobiy özgariş reyting natijasida ham namoyon böladi.
Şu bois xalqaro reyting talabini taʼlim klasterini rivojlantiriş strategiyasi bilan uyğunlaştiriş muhim. Faqat asosiy eʼtibor körsatkiçni sunʼiy ravişda yaxşilaş emas, balki haqiqiy ilm va taʼlim salohiyatini oşirişga qaratilişi kerak.
Xulosa şuki, bugungi raqobatli iqtisodiyotda mamlakat taraqqiyoti inson kapitali, ilm-fan va innovatsiya qay darajada özaro boğlanganiga ham bevosita boğliq. Taʼlim klasteri şu uç yönalişni birlaştirib, universitetlarning jamiyat va iqtisodiyot bilan aloqasini mustahkamlaydi. Eng muhimi, hamkorlik orqali oliy taʼlim muassasasi nafaqat malakali kadr tayyorlaydi, balki yangi bilim, texnologiya va iqtisodiy qiymat yaratiş jarayonining faol iştirokçisiga ham aylanadi. Bu esa Özbekiston universitetlarining xalqaro taʼlim maydonidagi raqobatbardoşligini oşiriş, mamlakatimiz innovatsion taraqqiyotini jadallaştiriş uçun muhim asos yaratadi.
Nilufar Imomova,
TDŞU Xalqaro reytinglar bilan işlaş
bölimi boşliği