Superligada çempionlik uçun kuraş avjida
Futbol böyiça Özbekiston Superligasining 28-tur uçraşuvlari yakunlandi. Tur natijalariga köra, «Neftçi» musobaqa jadvalidagi peşqadamligini saqlab qoldi. Biroq, «Paxtakor» va «Navbahor» ham çempionlik uçun kuraşni davom ettirmoqda.
28-turning ilk uçraşuvi «Surxon» va «Andijon» jamoalari örtasida keçdi. Unda hisob oçilmadi — 0:0. Keyingi kuni «Qizilqum» safarda OKMK klubini 1:0 hisobida yengdi. «Lokomotiv» esa öz maydonida «Paxtakor»dan 2:1 hisobida ustun keldi.
Turning eng köp muxlis taşrif buyurgan uçraşuvi Namangandagi «Markaziy» stadionda ötkazildi. Unda «Navbahor» musobaqaning amaldagi çempioni va ayni paytda jadval peşqadami bölib turgan «Neftçi»ni 3:2 hisobida mağlub etdi. Mazkur bahsni 26 mingdan ziyod tomoşabin stadiondan kuzatdi.

21-noyabr kuni «Söğdiyona» safarda «Qöqon-1912»ni 1:0 hisobida mağlub etdi. «Nasaf» esa Qarşida «Maşʼal»dan 2:0 hisobida ustun keldi. «Xorazm» va «Buxoro» jamoalari örtasidagi bahsda ğolib aniqlanmadi — 0:0. Turning sönggi uçraşuvida «Bunyodkor» safarda «Dinamo»ni 1:0 hisobida yengdi.
Uşbu tur natijalaridan söng «Neftçi» 64 oçko bilan musobaqa jadvalida peşqadamlik qilmoqda. «Paxtakor» 59 oçko bilan ikkinçi, «Navbahor» esa 58 oçko bilan uçinçi örinda bormoqda. Demak, çempionlik uçun kuraşda Farğona jamoasi beş oçkolik ustunlikka ega bölsa-da, poytaxt va Namangan klublarining ham imkoniyati saqlanib qolmoqda.
«Nasaf» 48 oçko bilan törtinçi, «Lokomotiv» 46 oçko bilan beşinçi örinni egallagan. Keyingi poğonalardan OKMK — 45, «Buxoro» — 43, «Qizilqum» — 38, «Dinamo» — 37, «Söğdiyona» — 33 oçko bilan joy olgan. «Surxon» va «Andijon» 32 oçkodan jamğargan. «Bunyodkor» 29, «Xorazm» 27, «Qöqon-1912» 24 oçko bilan quyi örinlarda bormoqda. «Maşʼal» esa 5 oçko bilan jadvalning sönggi poğonasini egallagan.

Superliganing 29-tur uçraşuvlari 27–29-noyabr kunlari ötkaziladi. 27-noyabr kuni «Qöqon-1912» — «Xorazm» va «Buxoro» — «Maşʼal» bahslari bölib ötadi.
28-noyabr kuni «Neftçi» öz maydonida «Dinamo»ni qabul qiladi. Şu kuni «Qizilqum» va «Paxtakor» ham özaro bahs olib boradi. 29-noyabr kuni esa «Surxon» — «Lokomotiv», «Nasaf» — OKMK, «Andijon» — «Bunyodkor» va «Söğdiyona» — «Navbahor» uçraşuvlari ötkaziladi.
Töpurarlar poygasida «Söğdiyona» hujumçisi Lyupço Doriyev va «Lokomotiv» vakili Temurxöja Abduxoliqov 15 tadan gol bilan peşqadamlik qilmoqda. «Neftçi» hujumçisi Stipe Peritsa 14 ta gol bilan uçinçi örinda bormoqda. «Dinamo» futbolçisi Anvarjon Hojimirzayev 12 ta, «Paxtakor» aʼzosi Dostonbek Hamdamov esa 11 ta gol muallifi bölgan.
Şuningdek, Husayn Norçayev («Navbahor»), Stefen Çinedu («Paxtakor»), Şerzod Esanov («Buxoro») va Bobur Abduxoliqov («Nasaf») hisobida 10 tadan gol mavjud.

Javohir Toşxöjayev,
ÖzA