Havaskor futzalçilar örtasida raqobat kuçaymoqda
Toşkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida havaskor jamoalar örtasida ötkazilayotgan «Özbekiston futzal federatsiyasi Prezidenti kubogi – 2026/2027» musobaqasining 3-tur uçraşuvlari bölib ötdi.
10 ta jamoa iştirok etayotgan mazkur turnirning navbatdagi bahslari qizğin va murosasiz kuraşlarga boy keçdi. Maydonga tuşgan futzalçilar ğalaba qozoniş, muhim oçkolarni qölga kiritiş va musobaqa jadvalidagi örnini mustahkamlaş uçun bor imkoniyatini işga soldi.
Uçraşuvlar davomida jamoalar özaro raqobatlaşib, özlarining texnik va taktik tayyorgarligini namoyiş etdi. Ayniqsa, yuqori örinlar uçun keçayotgan bellaşuvlar turnirga bölgan qiziqişni yanada oşirmoqda.
Uç tur yakunlariga köra, «Parma II» jamoasi 9 oçko jamğarib, musobaqa jadvalida peşqadamlik qilmoqda. 7 oçko töplagan «SQB» ikkinçi örinni egallab turgan bölsa, 6 oçkoga ega «Uzgeo» kuçli uçlikdan joy olgan.
[gallery-32648]
Musobaqaning navbatdagi turlarida ham jamoalar örtasidagi raqobat qizğin davom etişi kutilmoqda. Oldindagi uçraşuvlar turnir jadvalidagi vaziyatga özgariş kiritişi mumkin.
Muhammad AMIN (surat), ÖzA