Jahon çempionati: Özbekiston bugun Yamaykaga qarşi maydonga tuşadi
Qatar poytaxti Doha şahrida 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionatida bugun «Ye», «F», «G» va «H» guruhlarida ikkinçi tur uçraşuvlari ötkaziladi.
Çempionatning bugungi uçraşuvlari orasida özbek futbol muxlislari uçun alohida ahamiyatga ega bölgan «Ye» guruhidan örin olgan Özbekiston va Yamayka ösmirlar terma jamoalari örtasidagi bahs ham bor.
Sergey Çigodayev boşçiligidagi terma jamoamiz birinçi turda Kot-d’Ivuarga 1:2 hisobida mağlub bölgan edi. Bugungi uçraşuvda futbolçilarimiz dastlabki oçkolarini qölga kiritiş uçun maydonga tuşadi. Bahs Toşkent vaqti bilan soat 18:00 da boşlanadi. Uşbu guruhdagi ikkinçi uçraşuvda soat 19:30 da Italiya va Kot-d’Ivuar ösmirlar terma jamoalari özaro bahs olib boradi.
Şuningdek, bugun «F» guruhida Tojikiston – Xorvatiya, Senegal – Kuba, «G» guruhida Vetnam – Yangi Zelandiya, Mali – Belgiya, «H» guruhida esa Ispaniya – Fiji va Marokaş – Xitoy terma jamoalari örtasidagi uçraşuvlar ötkaziladi.
Jahon çempionatining keçagi dasturidan «A», «V», «S» va «D» guruhlaridagi ikkinçi tur bahslari örin oldi.

Xususan, «A» guruhida Gretsiya ösmirlar terma jamoasi Panama ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Misr esa mezbon Qatarni 2:0 hisobida mağlub etdi. Natijada Gretsiya 6 oçko bilan guruh peşqadamiga aylandi. Misr va Qatar 3 tadan oçko bilan ikkinçi va uçinçi örinlarni egallagan bölsa, Panama oçkosiz sönggi poğonada qoldi.
«V» guruhida Janubiy Koreya terma jamoasi Yangi Kaledoniya darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. Ekvador va Uganda terma jamoalari örtasidagi uçraşuv esa 0:0 hisobida yakunlandi. Şu tariqa Janubiy Koreya 6 oçko bilan guruhda birinçi örinda bormoqda. Ekvador 4 oçko bilan ikkinçi, Uganda 1 oçko bilan uçinçi poğonadan joy olgan. Yangi Kaledoniya esa ikki mağlubiyatdan söng oçkosiz qolgan.
«S» guruhida Avstraliya va Daniya terma jamoalari örtasidagi bahsda ğolib aniqlanmadi — 0:0. Argentina esa Mozambikni 2:1 hisobida mağlub etdi. Ikkinçi turdan keyin Avstraliya 4 oçko bilan guruh yetakçisi bölib turibdi. Mozambik va Argentina 3 tadan oçko jamğargan. Daniya hisobida esa 1 oçko mavjud.

«D» guruhidan örin olgan Urugvay va Gaiti terma jamoalari örtasidagi uçraşuvni hamyurtimiz Askar Naҗafaliyev boş hakam sifatida boşqardi. Unga qanotlarda Baxtiyorxöja Şavkatov va Avazbek Abdullayev yordamlaşdi. Bahsda urugvaylik futbolçilar 4:1 hisobida ğalaba qozondi. Saudiya Arabistoni esa Fransiyani 1:0 hisobida mağlub etdi.
Uşbu natijalardan söng Urugvay 6 oçko bilan guruhda birinçi örinni egallab turibdi. Fransiya va Saudiya Arabistonida 3 tadan oçko bor. Gaiti esa hali oçko jamğarmagan.
Maʼlumot uçun, Jahon çempionatining ikkinçi turidan keyin uçta jamoa — Gretsiya («A» guruhi), Janubiy Koreya («V» guruhi) va Urugvay («D» guruhi) 6 oçkodan jamğargan holda öz guruhlarida yetakçilik qilmoqda va uşbu terma jamoalar keyingi bosqiçga çiqişni muddatidan oldin kafolatlagan.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA