Sindarovning navbatdagi yurişi, Ostonadagi ğalaba va mamlakat arenalaridagi çempionlar
Özbekistonlik sportçilar mamlakatimizda va xorijda ötkazilayotgan musobaqalarda munosib natijalarni qayd etmoqda. Futbol, drift, şaxmat, erkin kuraş, ot sporti va tennis yönalişlaridagi sönggi yangiliklar, şuningdek, yoş futbolçilar tayyorgarligini takomillaştirişga qaratilgan xalqaro hamkorlik eʼtibor markazida.
Futbol: Toşkent şahrida 2010 va 2012-yillarda tuğilgan futbolçilar örtasida Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçiligi musobaqalari yakunlandi. Unda U16 yoş toifasida «Oqtepa» jamoasi finalda «Paxtakor»ni 2:0 hisobida mağlub etib, birinçi örinni egalladi. «Çiğatoy» futbol mahorat maktabi uçinçi böldi.
U14 yoş toifasida esa «Paxtakor» ğoliblikni qölga kiritdi. Finalda jamoa «Bunyodkor» bilan 0:0 hisobida durang öynab, penaltilar seriyasida 3:1 hisobida ustun keldi. «Nasaf» futbol mahorat maktabi uçinçi örinni egalladi.
***
Drift: Drift böyiça Özbekiston oçiq çempionati ikkinçi bosqiçi yakunlandi. Unda Jamoaviy bahslarda UZMAMF Racing Team birinçi, «Priyexavşiye» ikkinçi, DOPPI Team uçinçi örinni egalladi. Mutlaq hisobda esa Timur Gubayev ğolib böldi. Diyorbek Şodiyev ikkinçi, Li Senman uçinçi örinni band etdi.
***
Şaxmat: Şveysariyaning Jeneva şahrida ötadigan şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun bahsda iştirokçilarning ilk partiyadagi ranglari aniqlandi. Qurʼa natijasiga köra, Özbekiston vakili Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarajuga qarşi birinçi partiyani oq donalarda ötkazadi. Jahon şaxmat toji uçun bahsning ilk partiyasi 24-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi.
***
Futbol: Özbekiston futbol assotsiatsiyasining nufuzli yoşlar futbolini rivojlantiriş hamda murabbiylar taʼlimi bölimlari mutaxassislari Ispaniyaning «Barselona» klubi akademiyasi faoliyati bilan tanişmoqda.
Taşrif davomida yoş futbolçilar maşğulotlarini rejalaştiriş va taşkil etiş, ularning individual rivojlanişini kuzatiş, şuningdek, murabbiylarni tayyorlaş böyiça ilğor tajribalar örganilmoqda. Mazkur hamkorlik yoşlar futboli va murabbiylar taʼlimi tizimini takomillaştirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
***
Sport kuraşlari: Toşkent şahrida erkin kuraş böyiça U-20 yoş toifasidagi Özbekiston çempionati boşlandi. Musobaqaning birinçi kuni beşta vazn toifasida ğolib va sovrindorlar aniqlandi. 57 kilogrammgaça vaznda Jahongir Tölqinov, 65 kilogrammda Kamron Nurullayev, 74 kilogrammda Farrux Jumanazarov, 86 kilogrammda Sardorbek Ğaffurov, 97 kilogrammda esa Uluğbek Ortiqov çempionga aylandi.
***
Ot sporti: Qozoğistonning Ostona şahrida ot sportining konkur yönalişi böyiça FEI Jahon kubogi — Yevroosiyo ligasi finali doirasida balandligi 155 santimetr bölgan Gran-pri musobaqasi ötkazildi. Unda Özbekiston terma jamoasi aʼzosi Bekzod Qurbonov «MATTS V.G.» laqabli oti bilan barça raqiblaridan ustun kelib, birinçi örinni egalladi.
***
Tennis: Andijon şahrida tennis böyiça ösmirlar örtasidagi xalqaro «J30 Andijan Open» turniri öz yakuniga yetdi. Öğil bolalar örtasidagi yakkalik bahslarida özbekistonlik Axmadjon Toşmuhamedov boş sovringa sazovor böldi. Somon Amonov (Tojikiston) ikkinçi örinni egalladi.
Qizlar örtasida Mariya Malseva ğoliblikni qölga kiritdi, Darina Masautova ikkinçi böldi. Juftlik bahslarida öğil bolalar örtasida Arsiom Askirka va Mark Xaydt, qizlar örtasida esa Mariya Kozlova va Sofiya Sorokina boş sovrinni qölga kiritdi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA