Suğurta staji 10 oyga yetmagan ayollarga dekret puli tölanmaydimi?
Huquqiy munosabatKöplab bölajak onalar uçun dekret taʼtiliga çiqiş arafasida eng dolzarb va xavotirli savollardan biri — homiladorlik va tuğiş nafaqasining («dekret puli») qanday tartibda va kimlarga tölanişi. Özbekistonda 2026-yildan boşlab davlat ijtimoiy suğurtasi tizimiga kiritilgan yangi qoidalar bu boradagi tartib-taomillarni tubdan özgartirdi.
Xöş, endilikda dekret nafaqasini oliş uçun maʼlum miqdorda suğurta staji şakllangan bölişi kerakmi?
Toşkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Aygerim Aripbayeva bunga quyidagiça tuşunça berdi:
–Ha, amaldagi tartibga köra, dekretga çiqiş vaqtida suğurta staji 10 oyga yetmasa, Davlat ijtimoiy suğurta jamğarmasi tomonidan homiladorlik va tuğiş nafaqasi (dekret puli) tayinlanmaydi. Biroq, bu unga tegişli taʼtil berilmaydi, degani emas.
Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 404-moddasiga muvofiq, homilador ayolga belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida homiladorlik va tuğiş taʼtili beriladi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat ijtimoiy suğurtasi doirasida vaqtinça mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tuğiş nafaqalarini tayinlaş hamda tölaş tartibi töğrisida»gi nizomning 7-bandi «b» kiçik bandida homiladorlik va tuğiş nafaqasini oliş uçun suğurta stajiga oid talablar belgilangan.
Unga köra, nafaqa oliş uçun kamida 10 oylik suğurta staji talab etiladi. Şuningdek, suğurta hodisasi yuzaga kelgan oydan oldingi oxirgi olti oy davomida uzluksiz suğurta staji mavjud bölişi kerak.
Umumiy qoida böyiça, minimal suğurta staji talabi bajarilmasa, homiladorlik va tuğiş nafaqasi tayinlanmaydi. Biroq xodimning qonunçilikda belgilangan tartibda homiladorlik va tuğiş taʼtilini oliş huquqi saqlanib qoladi.
Demak, xodimda 10 oylik suğurta staji mavjud bölmasa, bu holat uning homiladorlik va tuğiş taʼtiliga çiqiş huquqini öz-özidan bekor qilmaydi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA