Suğurta – moliyaviy yöqotişlardan himoyalanişning samarali vositasi
Prezidentimizning 2024-yil 1-martdagi “Suğurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirişning kompleks çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori suğurta bozorini yanada rivojlantirib, sohani tartibga soliş va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş orqali suğurta xizmatlarining ommabopligi va sifatini oşirişda muhim omil bölmoqda.
Suğurta bozorida jismoniy şaxslarning mol-mulki xususan, aholi xonadonlarini suğurtalaş bu mulkni kutilmagan moliyaviy yöqotişlardan himoya qilib, oila byudjeti barqarorligini taʼminlaşga, ijtimoiy himoyani kuçaytirişga kömaklaşadi. Yonğin, zilzila, suv toşqini, xonadonda gaz portlaşi kabi baxtsiz hodisalar yuz berganida uyni tiklaş uçun suğurta polisi xarajatlarni qoplab, tovon puli tölab beriladi.

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida aholi xonadonlarini suğurtalaş xizmatlarini kengaytiriş va suğurta madaniyatini oşiriş masalalariga bağişlab ötkazilgan tadbirda şu haqda atrofliça söz yuritildi.

Unda tuman hokimi Q.Mardanov, “Kafil-suğurta” aksiyadorlik jamiyati suğurta kompaniyasi boşqaruvi raisi örinbosari F.Möminov, suğurta xizmatlarini rivojlantiriş departamenti menejeri I.Djalilov va boşqalar mamlakatimizda suğurta bozorini rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş orqali suğurta xizmatlarining ommabopligini, sifatini taʼminlaş yölida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar xususida fikr almaşdi.

Aholi xonadonlarini suğurtalaş tartib-taomillari, suğurta xizmatlarining afzalliklari, şartlari va kutilmagan holatlarda yetkazilgan zararni qoplaş mexanizmlari tuşuntirildi. Iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, mahalla raislariga xonadon egalari örtasida suğurta xizmatlarini keng tarğib qiliş, aholining xabardorligini oşiriş böyiça taklif va tavsiyalar bildirildi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri