Özbekiston delegatsiyasi Germaniyada davlat mulkini boşqariş amaliyoti bilan tanişdi
Davlat mulkidan samarali foydalaniş, davlat iştirokidagi korxonalar faoliyatini takomillaştiriş va korporativ boşqaruv sifatini oşiriş iqtisodiy islohotlarning muhim yönalişlaridan hisoblanadi. Bu borada xalqaro tajribani örganiş va ilğor boşqaruv mexanizmlarini milliy amaliyotga moslaştiriş alohida ahamiyatga ega.
Özbekiston delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga amaliy taşrifi doirasida davlat aktivlarini boşqariş sohasidagi ilğor tajriba örganildi.
Taşrif doirasida delegatsiya Germaniya Federal moliya vazirligida böldi. Vazirlik vakillari bilan uçraşuvda davlat aktivlarini boşqarişning institutsional asoslari, davlatning mulkdor sifatidagi vazifalari va ularni amalga oşiriş mexanizmlari muhokama qilindi.

Şuningdek, davlat korxonalarida korporativ boşqaruv samaradorligini oşirişga bağişlangan seminar taşkil etildi. Unda kuzatuv kengaşlarining vakolatlari, hisobdorligi va masʼuliyati, davlatning mulkdorlik funksiyalari bilan korxonalarning kundalik boşqaruvini ajratiş masalalari körib çiqildi. Germaniya korporativ boşqaruv kodeksi (DCGK) tamoyillarini Özbekistondagi islohotlar jarayonida qöllaş imkoniyatlari ham örganildi.
Delegatsiya vakillari Germaniya Federal köçmas mulkni boşqariş agentligi (BImA) faoliyati bilan ham tanişdi. Uçraşuvda agentlikning taşkiliy modeli, davlat köçmas mulkini boşqariş va undan samarali foydalaniş tajribasi muhokama qilindi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi axborot xizmatining maʼlum qilişiça, mazkur taşrif davlat aktivlarini boşqariş tizimini takomillaştiriş, davlat korxonalarida korporativ boşqaruv sifatini oşiriş, şuningdek, şaffoflik va hisobdorlikni kuçaytiriş böyiça xalqaro tajribani özlaştirişga qaratilgan.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA