Inflyatsiya 2027-yilda 5 foizlik targetgaça pasayişi kutilmoqda
Bugun Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining asosiy stavka böyiça navbatdagi yiğilişi yakunlari yuzasidan matbuot anjumani ötkazildi.
Unda soha mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. Tadbirda Markaziy bank raisi örinbosari Nodirbek Oçilov qabul qilingan qarorlar va pul-kredit siyosatining kelgusi yönalişlari yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi:
– Bugungi kunda iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlar nisbatan barqarorlaşayotgan bölsa-da, içki talabning yuqoriligi va taşqi iqtisodiy şaroitlardagi noaniqliklar inflyatsion xatarlarning saqlanib qolişiga sabab bölmoqda. Şu bilan birga, aholi va tadbirkorlik subʼektlarining inflyatsion kutilmalari pasayib borayotgani, bazaviy inflyatsiyaning barqarorlaşişi ijobiy tendensiyalardan hisoblanadi.

Biz pul-kredit siyosatini belgilaşda uşbu omillarning barçasini, ayniqsa, inflyatsiyaga taʼsir körsatişi mumkin bölgan içki va taşqi xatarlarni inobatga olamiz. Şu asosda bugungi Boşqaruv yiğilişida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz saqlab qoliş töğrisida qaror qabul qildik.
Joriy yil sentabr oyida umumiy inflyatsiya yillik hisobda 6,4 foizni, bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foizni taşkil etdi. Xizmatlar inflyatsiyasi 7 foizgaça tezlaşdi. Aholining kelgusi 12 oy uçun inflyatsion kutilmalari 8,7 foizni, tadbirkorlarniki esa 9,2 foizni taşkil etdi.
Şu bilan birga, iqtisodiyotda yuqori içki talab saqlanib qolmoqda. Joriy yilning dastlabki töqqiz oyida yalpi içki mahsulot ösişi 8,3 foizni taşkil etdi. Investitsion faollik va aholi real daromadlarining ösişi ham iqtisodiy faollikni qöllab-quvvatlamoqda. Uşbu omillarni hisobga olib, yil yakunida iqtisodiy ösiş 8 foiz atrofida bölişini kutyapmiz.

Taşqi bozorlardagi noaniqliklar, oziq-ovqat va energiya resurslari narxlarining özgaruvçanligi, şuningdek, tartibga solinadigan narxlar özgarişi inflyatsion xatarlarni yuzaga keltirmoqda. Bunda, ayniqsa, uşbu omillarning boşqa tovar va xizmatlar narxlariga ikkilamçi taʼsirini diqqat bilan kuzatib boramiz.
Boşqaruv yiğilişida asosiy stavkani 13,5 foizgaça pasaytiriş masalasi ham muhokama qilindi. Biroq mavjud inflyatsion xatarlar va içki talabning yuqoriligini hisobga olib, stavkani 14 foiz darajasida saqlab qoliş maqsadga muvofiq, deb topildi.
Yangilangan prognozlarga köra, 2026-yil yakunida inflyatsiya 7 foiz atrofida şakllanişi kutilmoqda. Tartibga solinadigan narxlar özgarişining bevosita taʼsiri qisqa muddatli bölib, qatʼiy pul-kredit şaroitlari uning boşqa narxlar va inflyatsion kutilmalarga ikkilamçi taʼsirini çeklaşga xizmat qiladi. Natijada, inflyatsiyani 2027-yil yakuniga qadar 5 foizlik target darajasiga tuşirişni kutyapmiz.

Şuningdek, 2027-2029-yillarga möljallangan pul-kredit siyosatining asosiy yönalişlari konseptual jihatdan maʼqullandi. Asosiy ssenariyga köra, iqtisodiy ösiş 2027-yilda 7-7,5 foizni, 2028-2029-yillarda esa 6,5-7,5 foizni taşkil etişi kutilmoqda.
Bunda pul-kredit şaroitlarining qatʼiyligini saqlaş, milliy valyutadagi jamğarmalar jozibadorligini oşiriş muhim ahamiyatga ega. Çunki bugungi jamğarmalar ertaga investitsiyalarga aylanadi. Şu bois sömda jamğarişni rağbatlantiriş va milliy valyutadagi hisob-kitoblarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan siyosatimizni izçil davom ettiramiz.
ÖzA muxbiri
Nasiba Ziyodullayeva yozib oldi.