Özbekiston va AQŞ toğ-kon sanoatida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiradi
Mamlakatimizning mineral-xomaşyo salohiyatidan samarali foydalaniş, toğ-kon sanoati va geologiya tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qiliş hamda xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytiriş sohani rivojlantirişning muhim yönalişlaridan hisoblanadi.
Şu maqsadda toğ-kon sanoati va geologiya vazirining birinçi örinbosari Feruza Hamidova AQŞning Milliy manfaatlar markazi (Center for the National Interest, CFTNI) delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda sanoat uçun muhim ahamiyatga ega mineral resurslardan samarali foydalaniş, şuningdek, toğ-kon sanoati va geologiya sohalarida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Vazirlik axborot xizmatiga köra, muloqotda Özbekistonning mineral resurslar bazasini rivojlantiriş, geologik tadqiqotlar kölamini kengaytiriş va tarmoqqa zamonaviy texnologiyalarni jalb etiş masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar sohadagi mavjud imkoniyatlardan kelib çiqib, özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş va istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş böyiça aloqalarni davom ettiriş muhimligini qayd etdi.
N.Ziyodullayeva,
ÖzA