Stol tennischilarimizning navbatdagi g‘alabalari
Yosh stol tennischilarimiz Livan va Misr davlatlarida o‘tayotgan xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Misrning Qohira shahrida “Youth Contender” musobaqasida Shohrux Iskandarov “U-17” yosh toifasida bronza medalni qo‘lga kiritdi.
“WTT Youth Contender Jezzine 2023” xalqaro turnirida stol tennischilarimiz muvaffaqiyatga erishishda davom etmoqda.


Musobaqaning 13 yoshli tennischi qizlari orasida Arujan Kamolova barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Eleonora Shiriyeva esa ushbu toifada bronza medal sohibasiga aylandi. Shuningdek, Asel Yerkebayeva “U-17” toifasida tengsiz ekanini isbotladi va oltin medal bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA