Sportçilar munosib kutib olindi
Joriy yilning 5-9-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva şahrida bölib ötgan Talabalar Basketbol Assotsiatsiyasining 3x3 basketbol böyiça superfinal musobaqasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qizlar terma jamoasi muvaffaqiyatli iştirok etib, faxrli ikkinçi örinni qölga kiritgan edi.
Nukus temir yöl vokzalida xalqaro musobaqada yurtimiz oliy öquv yurti şarafini munosib himoya qilib, kumuş medal bilan qaytgan sportçilar tantanali tarzda kutib olindi. Unda universitet rektorati vakillari, Jismoniy madaniyat fakulteti professor-öqituvçilari iştirok etib, sportçilarga yuksak hurmat körsatdi.

Tadbirda sözga çiqqanlar, jamoani xalqaro maydondagi yutuği bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi musobaqalarda ham zafarlar tiladi. Uşbu natija mazkur oliy öquv yurtida sportni rivojlantiriş, talaba-yoşlarning jismoniy salohiyatini oşiriş va iqtidorli sportçilarni qöllab-quvvatlaş yönalişida olib borilayotgan işlarning amaliy samarasidir.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri