Sindorov — Gukeş: jahon çempionligi uçun bahs sanasi, reglamenti va mukofot jamğarmasi
Tarixiy qarama-qarşilik 22-noyabrdan 12-dekabrgaça Şveytsariyaning Jeneva şahri yaqinidagi Koloni hududida joylaşgan Fondation Martin Bodmer majmuasida taşkil etiladi.
Özbekiston şaxmati tarixida yangi sahifa oçilişiga sanoqli kunlar qoldi. Grossmeyster Javohir Sindorov ilk bor klassik şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun matçda iştirok etadi.
Hamyurtimizning raqibi hindistonlik Dommaraju Gukeş böladi. Amaldagi jahon çempioni öz unvonini himoya qilişga intilsa, Sindorov şaxmat tojini Özbekistonga olib keliş uçun kuraşadi.
Tarixiy qarama-qarşilik 22-noyabrdan 12-dekabrgaça Şveysariyaning Jeneva şahri yaqinidagi Koloni hududida joylaşgan Fondation Martin Bodmer majmuasida taşkil etiladi.
Musobaqaning oçiliş marosimi 22-noyabrga belgilangan. Dastlabki klassik partiya esa 24-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi.
Jahon çempioni qanday aniqlanadi?
Gukeş va Sindorov örtasidagi matç köpi bilan 14 ta klassik partiyadan iborat böladi. Birinçi bölib 7,5 oçko jamğargan grossmeyster jahon çempionligini qölga kiritadi. Agar 14 ta partiyadan söng hisob 7:7 körinişida bölsa, ğolib 12-dekabr kuni qöşimça tay-breyk bahslarida aniqlanadi. Dastlab şaxmatçilar rapid formatida kuç sinaşadi. Zarurat tuğilsa, blits partiyalariga murojaat qilinadi.
Partiyalar uçun qança vaqt beriladi?
Reglamentga köra, har bir şaxmatçi dastlabki 40 ta yurişni amalga oşiriş uçun 120 daqiqaga ega böladi. Şundan söng partiyaning qolgan qismi uçun yana 30 daqiqa ajratiladi. 41-yurişdan boşlab har bir yuriş uçun qöşimça 30 soniyadan vaqt berib boriladi.
Mukofot jamğarmasi qança?
Nufuzli matçning umumiy sovrin jamğarmasi 2,5 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Mukofot mablağlari musobaqa reglamentiga muvofiq, qölga kiritilgan ğalabalar va matçning yakuniy natijasiga qarab taqsimlanadi.
Özbekiston uçun tarixiy imkoniyat
Javohir Sindorov 2025-yilgi Jahon kubogida ğolib çiqqan, 2026-yilgi Nomzodlar turnirida esa mağlubiyatsiz birinçi örinni egallagan edi. Aynan uşbu muvaffaqiyat unga amaldagi jahon çempioniga qarşi matçda qatnaşiş huquqini berdi.
Şu tariqa, Özbekiston tarixida birinçi marta mamlakatimiz vakili klassik şaxmat böyiça mutlaq jahon çempioni unvoni uçun kuraş olib boradi.
sport.uza.uz