Poytaxtda talabalar “Beş taşabbus olimpiadasi” musobaqalarida bellaşdi
Oliy taʼlim muassasalari talabalari örtasida ötkazilayotgan “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida sportning stritbol, voleybol va mini-futbol turlari böyiça Toşkent şahar bosqiçi musobaqalari yakunlandi.
Toşkent şahridagi oliy taʼlim muassasalari talabalaridan iborat jamoalar bir neça kun davomida raqobatlaşgan bellaşuvlar qizğin va murosasiz keçdi. Musobaqalar yakuniga köra, ğolib va sovrindorlar aniqlandi.
Stritbol böyiça “A” guruhi bahslarida birinçi örinni I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, ikkinçi örinni Özbekiston davlat konservatoriyasi, uçinçi örinni Özbekiston davlat şarqşunoslik universiteti jamoasi egalladi.
Voleybol böyiça yigitlar örtasidagi musobaqada Toşkent xalqaro kimyo universiteti jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi. Toşkent Turin politexnika universiteti ikkinçi, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti uçinçi örinni egalladi.

Qizlar örtasidagi voleybol bahslarida esa Toşkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi birinçi öringa sazovor böldi. Nizomiy nomidagi Toşkent pedagogika instituti ikkinçi, Toşkent kimyo-texnologiya instituti uçinçi örinni band etdi.
Mini-futbol böyiça talabalar örtasidagi musobaqalar bir neçta guruhda taşkil etildi. Birinçi guruh bahslarida Toşkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi birinçi, Toşkent davlat yuridik universiteti ikkinçi, Toşkent arxitektura-quriliş universiteti uçinçi örinni egalladi.
Ikkinçi guruhda Nizomiy Ganjaviy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti jamoasi ğolib böldi. «Oriyental» universiteti ikkinçi, Toşkent farmatsevtika instituti uçinçi örinni qölga kiritdi.

Uçinçi guruhda esa Toşkent davlat texnika universiteti jamoasi birinçi örinni egalladi. «Perfekt» universiteti ikkinçi, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti uçinçi böldi.
Şu tariqa, poytaxt oliy taʼlim muassasalari talabalari örtasidagi ommaviy sport musobaqalarining navbatdagi bosqiçi ğoliblari aniqlandi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA