Prezident Olimpiadasi ğoliblari taqdirlanişdi
Yaqinda Toşkent şahrida bölib ötgan Prezident Olimpiadasi Sirdaryo viloyati yoş sportçilari uçun unutilmas voqealarga boy böldi. Mazkur nufuzli musobaqada viloyatdan 26 ta sport turi böyiça 301 nafar yoş sportçi iştirok etib, Sirdaryo şarafini munosib himoya qildi.
Eng quvonarlisi, yoş sportçilar musobaqalar davomida özlarining mahorati, iqtidori, jismoniy tayyorgarligi va ğalabaga bölgan intilişlarini namoyon etişib, munosib natijalarga erişdilar. Xususan, viloyat vakillari jami 32 ta medalni qölga kiritişga muvaffaq bölişdi. Şundan 8 ta medal paralimpiya yönalişiga töğri keladi.
Qölga kiritilgan medallar orasida Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazi sportçisi Aleksandr Mxoyanning natijalari alohida eʼtiborga loyiq. U suziş böyiça ötkazilgan bahslarda 200 metrga batterflyay usulida suziş yönalişida barça raqiblaridan ustun kelib, oltin medalni qölga kiritdi. Şuningdek, 50 metrga batterflyay usulidagi bellaşuvlarda ham muvaffaqiyatli iştirok etib, bronza medaliga sazovor böldi. Şu tariqa yoş sportçi ikki karra sovrindor sifatida Olimpiada şohsupasidan joy oldi.
[gallery-32573]
— Prezident Olimpiadasi men uçun muvaffaqiyatli keldi. 200 metrga batterflyay usulida suziş böyiça oltin medalga sazovor böldim. Bunda nafaqat yuqori sport tayyorgarligim, balki ustozlarimning bergan bilim va maslahatlari, qolaversa, suv sporti bilan şuğullaniş uçun yaratilgan şart-şaroit va imkoniyatlar ham juda qöl keldi. Buning uçun Prezidentimizga minnatdorçilik bildiraman, — dedi Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazi sportçisi Aleksandr Mxoyan.
Darhaqiqat, yoş sportçining ikki medalni qölga kiritişi uning musobaqaga puxta tayyorgarlik körgani, öz imkoniyatlariga işonçi va ğalabaga bölgan intilişining natijasidir. Ayniqsa, turli masofalarda öz mahoratini namoyon etib, ham oltin, ham bronza medaliga erişişi sportçining salohiyatini yaqqol körsatadi.
Sportçilarning erişgan yutuqlarini munosib rağbatlantiriş maqsadida bugun Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazida taqdirlaş marosimi taşkil etildi. Unda Prezident Olimpiadasida ğolib va sovrindor bölgan sportçilarning natijalari eʼtirof etilib, ularga pul mukofotlari topşirildi. Jumladan, birinçi örinni egallagan sportçilarning har biriga 10 million sömdan, ikkinçi örin sohiblariga 5 million sömdan, uçinçi örinni qölga kiritganlarga esa 3 million sömdan pul mukofotlari berildi. Bu esa yoş sportçilarning mehnati va intilişlarini munosib qadrlaş, ularni yangi ğalabalar sari rağbatlantirişga qaratilgan eʼtiborning amaliy ifodasi böldi.
Tadbirda viloyat sport boşqarmasi boşliği Anvar Böronov iştirok etib, yoş sportçilarni erişgan natijalari bilan tabrikladi. Şuningdek, Prezident Olimpiadasining iqtidorli yoşlarni kaşf etiş, ularning sport salohiyatini yuzaga çiqariş va kelgusidagi yirik musobaqalarga tayyorlaşdagi ahamiyati xususida töxtaldi.
Mamlakatimizda sportni yanada ommalaştiriş, yoşlarning sportga bölgan qiziqişini oşiriş, iqtidorli sportçilarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erişişi uçun zarur şaroitlarni yaratiş muhim vazifalardan biri ekanini taʼkidladi. Şu bilan birga, musobaqalarga puxta tayyorgarlik köriş, maşğulotlar samaradorligini oşiriş va erişilgan natijalarni yanada mustahkamlaş zarurligini qayd etdi. Şundan söng Olimpiada ğolib va sovrindorlariga pul mukofotlarini topşirdi.
Albatta, sportdagi har bir ğalaba ortida maşaqqatli mehnat, muntazam maşğulotlar, murabbiylarning fidoyiligi va sportçining mustahkam irodasi mujassam. Şu bois bunday eʼtirof va rağbat yoşlarning öz oldiga yanada yuksak maqsadlar qöyişi, yangi marralar sari intilişida muhim omil bölib xizmat qiladi.
— Sirdaryolik yoş sportçilarning Prezident Olimpiadasida qölga kiritgan 32 ta medali viloyat sporti salohiyatini yana bir bor namoyon etdi. Eng muhimi, bugungi yutuqlar bilan bir qatorda, ertangi zafarlar uçun ham mustahkam zamin yaratilmoqda. Zero, har bir medal — bu sportçining mehnatiga berilgan baho, murabbiylar fidoyiligining eʼtirofi va yangi ğalabalar sari taşlangan qadamdir, — dedi Anvar Böronov.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat) ÖzA