“Spartak” – “Hamdoʻstlik kubogi” gʻolibi
Poytaxtimizda tashkil etilgan “Hamdoʻstlik kubogi-2018” musobaqasi yakunlandi.
Poytaxtimizda tashkil etilgan “Hamdoʻstlik kubogi-2018” musobaqasi yakunlandi.Musobaqada hamyurtimiz bilan birga Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston Respublikalari va Rossiya Federatsiyadan kelgan jamoalarning 14 yoshgacha boʻlgan futbolchilari ishtirok etdi.
“Bunyodkor” akademiyasining 5-oʻquv-mashgʻulot maydonida Xalqaro turnirning final bahsi boʻlib oʻtdi. Unda Toshkentning ikki jamoasi – “Spartak” va “Paxtakor” klublaring yosh futbolchilari bellashdi. Oʻyin spartakchilar foydasiga hal boʻldi: “Spartak”- “Paxtakor” 1:0.
3-oʻrin “Bunyodkor” jamoasiga nasib etdi.


