Sönggi ön yilda Xorazmga keluvçi sayyohlar soni 40 barobar oşdi
Xorazm nafaqat Özbekiston, balki dunyo tamaddunining beşiklaridan biridir. Qadimiy voha bugungi kunda şunçaki tarixiy yodgorliklar makoni emas, balki ekoturizm va gastronomik sayohatlarni özida mujassam etgan, sayyohlar oqimini qabul qiliş, taqsimlaş va ularga zamonaviy kompleks xizmatlarni körsatiş uçun zarur infratuzilma jamlangan yirik markaz, yaʼni katta turistik xabga aylanmoqda.
Şu sababdan Xorazm turizmi nafaqat ötmişga sayohat, balki mahalliy aholi bandligini taʼminlovçi va hudud iqtisodiyotini harakatga keltiruvçi asosiy drayver hamdir.
Birgina 2025-yilning özida viloyatda turizm xizmatlari eksport hajmi 802 million 600 ming AQŞ dollarini taşkil qilgan bölsa, joriy yilning şu davriga qadar 1 milliard 400 million dollarga yaqinlaşgan. Bunday natijalar davlatimiz tomonidan sohaga qaytilayotgan eʼtibor va yaratib berilayotgan imkoniyatlar samarasidir.
Joriy yilning ön oyi davomida viloyatga jami 13 million sayyoh taşrif buyurgan. Şundan 3 millionga yaqini dunyoning 170 ta davlatidan kelgan xorijiy, 10 milliondan ortiği esa mahalliy sayyohlarni taşkil etadi. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan viloyatda sayyohlar oqimi 1,3 barobar oşganini anglatadi.
– Aniq tahlillarga köra, sönggi ön yillikda viloyatimizda sayyohlar soni 40 barobarga oşgan, – deydi Xorazm viloyati turizm boşqarmasi tadbirkorlar bilan işlaş şubasi boşliği Anvar Rajabov. – Bu körsatgiç endilikda yana şiddat bilan oşişi kutilmoqda. Çunki, davlatimiz rahbarining taşabbuslari bilan ilk Urganç va Xiva şaharlarini bir-biri bilan boğlaydigan pulli yöl taşkil qilindi. Elektrlaştirilgan poyezd qatnovi yölga qöyildi. Ikki şahar örtasida qatnovçi zamonaviy trolleybuslar olib kelindi. Endilikda Urganç xalqaro aeroportidan çiqqan sayyoh ana şu uçala yönaliş böyiça Xivaga qulay va oson yetib borişi yoki qaytişi mumkin. Şuningdek, Jaloliddin Manguberdi tezyurar poyezdining Toşkent – Urganç – Xiva yönalişida qatnayotgani turistlar uçun yanada köproq qulayliklar yaratadi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2024-yil 15-noyabrdagi “2024-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori viloyatga xorijiy turistlarni keng jalb qiliş, ularga zarur şart-şaroitlar yaratiş, qöşimça madaniy meros va turizm namoyişi obʼektlarini işga tuşiriş, joylaştiriş vositalari fondini köpaytiriş, soha yönalişidagi tadbirkorlik subʼektlarini qöllab-quvvatlaş orqali yangi iş örinlarini yaratiş, şuningdek, viloyatning turizm salohiyatini xorijiy mamlakatlarda manzilli tarğib qiliş borasida dasturulamal böldi.
[gallery-32471]
Birgina mehmonxona faoliyatini tahlil qiladigan bölsak, 2016-yilda Xorazm viloyatida atigi 49 ta joylaştiriş vositalari mavjud bölgan. Bugun esa ularning soni 347 tani taşkil qiladi.
Eʼtiborli jihati, Prezidentimizning yuqoridagi qaroriga köra bu yönalişdagi tadbirkorlar uçun bir qator imtiyoz va imkoniyatlar taqdim etilgan. Yaʼni 2024-2026-yillarda foydalanişga topşirilgan mehmonxonalarning har bir xonasi uçun 10 milliondan 20 million sömgaça subsidiyalar berilmoqda.
Şu kungaça Xorazmda mazkur qaror asosida mehmonxonalarni qurib, foydalanişga topşirgan ön nafardan ortiq tadbirkorlarga 4 milliard sömdan ortiq mablağlar subsidiya asosida ajratilgan.
Masalan, yaqinda foydalanişga topşirilgan 45 ta xona va 92 örinli mehmonxona egasi, tadbirkor Baxtiyor Jabborovga ham davlatimiz tomonidan 810 million söm subsidiya mablağlari berildi.
– Bu muhtaram Prezidentimiz tomonidan turizmni rivojlantirişga qaratilgan katta eʼtibor deyiş mumkin, – deydi viloyat turizm boşqarmasi boşliği Azamat Xöjayev. – Bilasiz, subsidiya bu qaytarilmaydigan mablağ hisoblanib, bu pulni tadbirkorlar kelajakda mehmonxona xizmatlarini yanada rivojlantiriş uçun işlatişlari mumkin.
– Prezidentimizning aynan biz uçun çiqargan qarorlari va ajratgan subsidiya mablağlari faoliyatimizni yanada yaxşiladi, – deydi tadbirkor Baxtiyor Rajabov. – Ularning köp taşabbuslari sohani rivojlantirişda juda muhim bölmoqda. Ular körsatgan eʼtibor va ğamxörliklari, bergan imtiyoz hamda imkoniyatlari bizga yangi marralar sari rağbat va masʼuliyatdir. Hozirda servis xizmat körsatiş böyiça xorijiy tajribalarni örganmoqdamiz. Maqsadimiz esa kelgan har bir mehmonni yuqori saviyada kutib oliş va sifatli xizmat körsatişdir. Mehmonxonamizda 25 nafar yoşlarning bandligi ham taʼminlandi.
Aytiş mumkinki, joriy yilning avgust oyida davlatimiz rahbarining viloyatga taşrifi ham turizm tadbirkorlari uçun juda katta imkoniyatlar eşigini oçdi.
– Gap şundaki, turizm sohasi tadbirkorlik subʼektlari uçun xorijdan olib kelinadigan sayyohlarga xizmat körsatuvçi mikro avtobus, avtobus kabi transport vositalari bojxona bojlaridan ozod qilindi, – deydi Xorazm viloyati turizm boşqarmasi tadbirkorlar bilan işlaş şubasi boşliği Anvar Rajabov. – Qolaversa, utilizatsiya yiğimlarini ham tölaşmaydi. Şuningdek, tur-operatorlarning xorijiy sayyohlarga körsatadigan xizmatlarini eksport xizmati sifatida eʼtirof etilib, qöşilgan qiymat soliğidan ozod etiş taşabbusi ham ilgari surildi.
2026-yilning yakuniga qadar viloyatda joylaştiriş vositalarining soni yana qirqtaga oşirilib, 387 taga, ulardagi örinlar sonini 10 mingtaga yetkaziş közda tutilgan. Şu bilan birga sohada 2500 mingta iş örinlari yaratiş ham rejalaştirilgan.
Bu sayyohlar oqimining mavsumiylik davrini kamaytiriş, ularni yil davomida jalb qiliş va albatta Xorazmni jahon turizm xaritasidagi eng raqobatbardoş manzillardan biriga aylantiriş imkonini yaratadi.
Ahmadjon Şokirov,
Behzod Saidov (surat),
ÖzA muxbirlari