Korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi işlar parlament nazoratidan ötkazildi
Davlat boşqaruvida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, xalq işonçini mustahkamlaş, korrupsiyaga sabab bölayotgan omillarni barvaqt aniqlaş va ularga barham beriş Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning muhim yönalişlaridan biridir. Prezidentimiz ilgari surayotgan xalqparvar va adolatli davlat barpo etiş ğoyasi ham, avvalo, davlat organlari faoliyatida qonuniylik, halollik va hisobdorlikni qaror toptirişni taqozo etadi.
Ayni şu vazifalar ijrosi yuzasidan Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi aʼzolari Z. Bekatova va M. Toşova Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida bölib, hududda korrupsiyaning oldini oliş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytiriş hamda davlat taşkilotlari faoliyatida şaffoflikni taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlarni örgandi.
Örganişlar davomida davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş, xizmat körsatiş jarayonlarida inson omilini qisqartiriş, aholi bilan muloqotni kuçaytiriş hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalaniş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, Ğijduvon dehqon bozorida savdo jarayonlarini raqamlaştiriş, elektron tölov tizimini keng joriy etiş va maişiy korrupsiyaning oldini oliş borasidagi işlar közdan keçirildi. Bu yerda taşkil etilgan Situatsion tahlil markazi faoliyati bilan tanişuv çoğida videokuzatuv tizimi, elektron hisob-kitoblar hamda tezkor xizmatlar bilan hamkorlik mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilindi.

Zero, bozorlarda hisob-kitoblarning naqd pulsiz şaklga ötkazilişi, savdo jarayonlarining raqamli nazoratga olinişi nafaqat tadbirkorlar uçun qulaylik yaratadi, balki turli suiisteʼmolçiliklar va yaşirin tölovlarning oldini olişda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Örganiş jarayonida tadbirkorlar va xodimlar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va muammolari tinglandi.
Tuman hokimligida ötkazilgan tahlillarda esa korrupsiyadan xoli hududni şakllantiriş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlaş, ularni keltirib çiqarayotgan sabab va şart-şaroitlarni bartaraf etiş böyiça belgilangan çora-tadbirlar ijrosi muhokama qilindi. Ayniqsa, aholi salomatligi va ijtimoiy manfaatlar bilan bevosita boğliq bölgan soğliqni saqlaş tizimida şaffoflikni taʼminlaş masalalariga eʼtibor qaratildi. Tibbiy vositalar va buyumlarni xarid qilişda oçiqlikka rioya etiş, elektron davlat xaridlari jarayonida qonunçilik talablarini bajariş, içki nazorat mexanizmlarini kuçaytiriş holati örganildi.

Taʼkidlaş joizki, korrupsiyaga qarşi kuraşiş faqat qonunbuzarlik sodir etilganidan keyin çora köriş bilan çeklanmasligi kerak. Eng muhimi, uning ildiz otişiga imkon beradigan şaroitlarni bartaraf etiş, har bir jarayonda oçiqlikni taʼminlaş, mansabdor şaxslarning masʼuliyati va javobgarligini oşirişdir. Şu maʼnoda, raqamlaştiriş, jamoatçilik nazorati va parlament monitoringi özaro uyğunlikda işlaşi kutilgan natijaga erişişning muhim şarti hisoblanadi.
Örganişlar davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, mavjud muammolarga yeçim topiş va iş samaradorligini oşiriş yuzasidan masʼullarga tegişli tavsiyalar berildi.
Örganiş natijalari parlament nazorati doirasida umumlaştirilib, korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş, davlat organlari faoliyatida oçiqlik va hisobdorlikni mustahkamlaş, tizimli muammolarni bartaraf etişga qaratilgan keyingi çora-tadbirlarda inobatga olinadi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri