Axborot hamkorlarimiz nigohida – Yangi Özbekiston
Mazkur ruknda ÖzAning xorijiy hamkorlari sahifalarida eʼlon qilinayotgan Yangi Özbekistonga oid xabar, kuzatuv va baholar berib boriladi. Ularda mamlakatimizdagi ijtimoiy islohotlar, xalqaro hamkorlik, texnologik diplomatiya, madaniy aloqalar va investitsiya loyihalari xalqaro axborot makonida qanday aks etayotgani yoritiladi.
«BelTA» axborot agentligi 26-noyabr kuni Toşkentda ikkinçi Belarus–Özbekiston turizm forumi ötkazilişi rejalaştirilayotgani haqida xabar berdi.
Naşr maʼlumotlariga köra, Belarus Milliy turizm agentligi direktori Kirill Maşarskiyning Özbekistonning uşbu mamlakatdagi elçisi Rahmatulla Nazarov bilan uçraşuvida forumga tayyorgarlik köriş masalalari muhokama qilingan. Belarus delegatsiyasi 25–27-noyabr kunlari bölib ötadigan «Ipak yölida turizm» Toşkent xalqaro turizm yarmarkasida ham iştirok etadi. Delegatsiya tarkibidan turizm, mehmonxona biznesi hamda sanatoriy-kurort sohasida faoliyat yurituvçi 25 ta taşkilot vakillari örin olişi kutilmoqda.

«Kazinform» Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinçi örinbosari Akramjon Neʼmatov bilan Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayevning mamlakat xalqiga yöllagan Murojaatnomasiga bağişlangan intervyuni eʼlon qildi.
Akramjon Neʼmatov Qozoğiston va Özbekistonning modernizatsiya yölidagi maqsadlari köp jihatdan muştarak ekanini qayd etib, ikki davlat örtasidagi şeriklikni yanada kengaytirişning beşta ustuvor yönalişini körsatib ötadi. Sanoat kooperatsiyasi va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantiriş, transport-logistika tizimini mustahkamlaş, raqamli va texnologik yangilanişni jadallaştiriş, suv-energetika hamda ekologiya sohalarida hamkorlikni çuqurlaştiriş, şuningdek, inson kapitali va gumanitar riştalarni kuçaytiriş şular jumlasidandir.
Mutaxassis, şuningdek, qöşma işlab çiqarişni yölga qöyiş, transçegaraviy infratuzilmani rivojlantiriş va texnologik zanjirlarni şakllantirişda mintaqaning barça davlatlari manfaatlarini inobatga oliş muhimligini taʼkidlaydi.

Turkiyaning «Anadolu» agentligi Istanbul şahrida Özbekiston va Turkiya bojxona organlari örtasidagi Qöşma bojxona kengaşining oltinçi yiğilişi ötkazilgani hamda özaro aloqalarni kengaytirişga qaratilgan qator hujjatlar imzolangani haqida xabar beradi.
Uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmini 5 milliard dollarga yetkaziş, bojxona nazoratini takomillaştiriş va kontrabandaga qarşi kuraşiş, şuningdek, vakolatli iqtisodiy operatorlar dasturlarini özaro tan oliş masalalari muhokama qilindi.
Oraş Akaboyev, ÖzA