Soliq tizimi raqamlaşadi: takliflar uçun Telegram-bot işga tuşdi
Soliq tizimining şaffofligini oşiriş, aholi va tadbirkorlar uçun qulayliklar yaratiş, soliq maʼmuriyatçiligini soddalaştiriş va elektron xizmatlarni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi doirasida soliq tizimining şaffofligini taʼminlaş, aholi va biznes uçun yanada qulay va sodda şaroitlar yaratiş maqsadida soliq maʼmuriyatçiligini raqamli transformatsiya qilişga qaratilgan yangi takliflar işlab çiqilmoqda. Bu jarayonda aholi va tadbirkorlarning fikr-mulohazalarini örganişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda Soliq qömitasi tomonidan “Soliq böyiça takliflar” - @soliqtaklif_bot nomli maxsus Telegram-bot işga tuşirildi.
Qömita Axborot xizmatining xabar berişiça, mazkur bot orqali fuqarolar va tadbirkorlar soliq majburiyatlarini bajarişdagi muammolarni bartaraf etiş, soliq hisobotlari va tölovlar jarayonini soddalaştiriş, soliq organlari bilan işlaşni qulaylaştiriş hamda elektron xizmatlarni takomillaştiriş böyiça öz takliflarini yuborişlari mumkin.
Şuningdek, sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etiş, inson omilini kamaytiriş va körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşirişga qaratilgan taşabbuslar ham qabul qilinadi.
Kelib tuşgan asosli va amaliy ahamiyatga ega takliflar soliq maʼmuriyatçiligini takomillaştirişga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqişda inobatga olinadi.
Xabarda taʼkidlanganidek, aholi va tadbirkorlarning soliq tizimini takomillaştirişga doir fikr va takliflari @soliqtaklif_bot Telegram-botida qabul qilinadi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA