Özbekiston delegatsiyasi "World Atomic Days" xalqaro forumida qatnaşdi
Atom energetikasini rivojlantiriş, energiya manbalarini diversifikatsiya qiliş va sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş bugun xalqaro miqyosdagi muhim masalalardan biriga aylanmoqda. Bu jarayonda mamlakatlar örtasida tajriba almaşiş, ilmiy hamkorlikni kuçaytiriş va malakali mutaxassislar tayyorlaş alohida ahamiyatga ega.
Joriy yilning 12-13-noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya şahrida ötkazilgan “Jahon atom kunlari” - "World Atomic Days" xalqaro forumida ham uşbu yönalişdagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Tadbirda “Özatom” agentligi mutasaddilari hamda xalqaro yoşlar taşabbuslari iştirokçilari mamlakatimizning sohadagi faoliyati va yoşlar bilan işlaş tajribasini namoyon etdi.
Anjuman "Rosatom" davlat korporatsiyasi taşabbusi bilan BRIKS mamlakatlarining atom energiyasi platformasi, MAGATE va Jahon yadro assotsiatsiyasi kömagida taşkil etildi. Unda davlat idoralari, atom sanoati kompaniyalari, xalqaro taşkilotlar va yoşlar hamjamiyati vakillari jamlandi. Muloqotlar davomida atom energetikasining energetika xavfsizligi, iqlim özgarişiga qarşi kuraş va barqaror taraqqiyotni taʼminlaşdagi imkoniyatlari körib çiqildi.

Forumning asosiy sessiyalaridan biri "Atom energetikasi - inson va sayyora uçun" mavzusiga bağişlandi. Unda Özbekiston atom energetikasi sohasidagi rejalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari ham muhokama markazida böldi.
Mamlakatimiz uçun bu masala alohida ahamiyatga ega. Ayni paytda Özbekistonda birinçi integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasini barpo etiş loyihasi amalga oşirilmoqda. Uşbu loyiha kelgusida elektr energiyasi taʼminotini mustahkamlaş, iqtisodiyot tarmoqlarining ösib borayotgan ehtiyojlarini qondiriş va ilğor texnologik yeçimlarni özlaştirişga xizmat qilişi közda tutilgan.
Özbekiston vakillarining forumdagi iştiroki yoşlar bilan boğliq xalqaro hamkorlik yönalişida ham namoyon böldi. Jumladan, “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universitetining Toşkent filiali bitiruvçisi Muhiddin Umidov "Rosatom" boş direktori huzuridagi “Impact Team - 2050” xalqaro yoşlar kengaşi aʼzosi sifatida yiğilişda qatnaşdi. Unda kengaşning boşqa aʼzolari va murabbiylari bilan bir qatorda xalqaro yoşlar hamkorligini rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.
Yiğilişda yoşlar iştirokidagi milliy yadro muloqotlarining natijalari taqdim etildi. Maʼlum qilinişiça, bunday uçraşuvlar 15 mamlakatda taşkil etilgan bölib, ularda barça qitʼalardan 15 mingdan ortiq yoş iştirok etgan. Muloqotlar davomida yoşlar atom energetikasi sohasidagi taşkilotlar va kompaniyalar rahbarlari bilan uçraşib, kasbiy imkoniyatlar, sohaning istiqbollari va tinç atomdan foydalaniş masalalari yuzasidan fikr almaşgan.

Şuningdek, atom tarmoğida kelajakda faoliyat yuritiş istagida bölgan talabalar, maktab öquvçilari va yoş mutaxassislar örtasida sörov ötkazilgan. Uning asosida yoşlarning sohaga kirib kelişiga tösqinlik qilayotgan omillarni aniqlaşga qaratilgan keng qamrovli tadqiqot amalga oşirilgan.
Taʼkidlaş kerakki, forum Özbekistonning atom energetikasi sohasidagi xalqaro aloqalarini rivojlantiriş va yoşlar salohiyatini yuzaga çiqariş uçun yangi imkoniyatlar yaratdi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA