Nvidia çipi Xitoyga ötkazilgani haqidagi daʼvo yuzasidan içki tekşiruv boşlandi
Singapurda joylaşgan "Megasped" havoyi xizmat provayderi "Nvidia" kompaniyasining ilğor sunʼiy intellekt çiplari AQŞ tomonidan joriy qilingan eksport çekloviga qaramay, Xitoyga yetkazib berilgani haqidagi daʼvo yuzasidan içki tekşiruv boşlaganini eʼlon qildi.
“Anadolu” yozişiça, bayonotda korxonaning tijoriy faoliyati, taʼminot zanjiri va global amaliyoti haqida işonçli dalilga asoslanmagan daʼvo aks etgan xabarlar tarqalgani aytilgan. Kompaniya "qonuniy biznes faoliyatini amalga oşirayotgani" taʼkidlanib, keng qamrovli içki tekşiruv ötkaziş uçun taşqi yuridik maslahatçilar yollangani qayd etilgan.
“Nvidia”ning Janubi-şarqiy Osiyodagi eng yirik xaridori hisoblangan “Megasped” Malayziya, Indoneziya va Tailanddagi maʼlumot markazlari orqali Çin kompaniyalariga şunday çiplarga yaşirinça kiriş imkonini berişda gumon qilinyapti.
Qöşma Ştatlar “Nvidia” ilğor çiplarini Xitoyga sotişni taqiqlagan bölsa-da, Singapurda uşbu çiplarni çet el kompaniyalariga ötkazişni taqiqlovçi qoida yöq.
A.Mamatov, ÖzA