Oloy toğ tizmasiga foto qopqon örnatildi
Qirğizistonning Öş viloyati Qorasuv tumanidagi Oloy toğ tizmasi şimoliy yon-bağriga foto qopqon örnatildi.
“Kabar” axborot agentligi maʼlumotiga köra, bundan közlangan asosiy maqsad yovvoyi hayvonlarning yaşaş muhiti, tur tarkibi va sonidagi özgariş hamda jonivorlar harakatini örganiş, şuningdek mavjud tabiiy şaroitni kuzatişdir.
Qurilma yordamida inson iştirokisiz hayvonni surat yoki videoga oliş, jonivorlar turmuşi öziga xosligi haqida qimmatli ilmiy maʼlumotni töplaş imkoni yaratildi.
Taʼkidlaş joiz, mamlakatning toğli hududlariga avvalroq joylaştirilgan şunday uskunalar yordamida ilvirs, arxar, toğ eçkisi kabi noyob yovvoyi hayvonlar kuzatib kelinmoqda.
A.Mamatov, ÖzA