Sohil futboli: Osiyo kubogi guruh bosqiçidagi raqiblarimiz Ömon, BAA va Saudiya Arabistoni
Joriy yilning 18–28-noyabr kunlari Tailandda sohil futboli böyiça XII Osiyo kubogi final bosqiçi bölib ötadi.
Mazkur nufuzli musobaqada Özbekiston terma jamoasi “C” guruhida ikki karra Osiyo çempionligiga erişgan Birlaşgan Arab Amirliklari, bir bor ğoliblik şohsupasiga kötarilgan Ömon hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan guruh bosqiçida kuç sinaşadi.
Tasdiqlangan tavqimga köra, mamlakatimiz vakillari ilk uçraşuvni 19-noyabr kuni Ömon jamoasiga qarşi ötkazadi.
Şundan söng, 21-noyabrda BAA, 23-noyabr kuni Saudiya Arabistoni jamoasi bilan bahs olib boradi.

Aytiş lozimki, bugungaça sohil futboli böyiça Osiyo kubogi musobaqalari 12-marta taşkil etilgan bölib, uning dastlabki törtta musobaqasi Birlaşgan Arab Amirliklarida, keyinçalik qitʼa birinçiligi bir marta Ömonda, ikki marta Qatar hamda Malayziyada ötkazilgan.
Şundan söng musobaqaga ketma-ket tört marta Tailand mezbonlik qilgan. Uç bor Pattaya, bir bor esa Phuket şahrida öyinlar bölib ötgan. Bu safar esa qitʼaning eng kuçli sohil futboli jamoalari Phang Nga şahrida jam böladi.
Sohil futboli böyiça Osiyoning eng muvaffaqiyatli termasi Eron jamoasi hisoblanadi. Eronliklar 4-marta çempionlikni qölga kiritgan, 5 bor bronza medallariga egalik qilgan.
Şuningdek, Yaponiya 3-marta, Birlaşgan Arab Amirliklari 2-marta, Ömon va Bahrayn terma jamoalari bir martadan ğoliblikka erişgan.

Umumiy medallar soni böyiça esa Yaponiya yetakçilik qilmoqda. «Kunçiqar yurt» vakillari 3 ta oltin bilan birga, 6 ta kumuş va 2 ta bronza medaliga sazovor bölgan.
Sohil futboli böyiça qitʼa birinçiligida Özbekiston milliy terma jamoasi 6 ta final bosqiçida iştirok etgan bölib, musobaqa doirasida 21 ta uçraşuvda maydonga tuşgan. Şundan 5 tasida ğalaba, 16 ta bahsda raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va ötkazib yuborilgan töplar nisbati — 72:94.
Osiyo kubogida qatnaşgan barça terma jamoalar orasida Özbekiston umumiy natijalar böyiça 10-örinni band etgan. Milliy terma jamoamizning eng yaxşi natijasi 2008-yilda Birlaşgan Arab Amirliklarida ötkazilgan musobaqada qayd etilgan. Öşanda vakillarimiz 5-örinni egallagan.
Bu galgi Osiyo kubogining barça uçraşuvlari Tailandning Phang Nga şahridagi “Memories Beach Arena” sport majmuasida taşkil etiladi.
Qitʼa kubogining pley-off bosqiçi öyinlari 25-noyabrda boşlanib, guruhlarda dastlabki ikkita örinni egallagan jamoalar hamda eng yaxşi körsatkiçga erişgan 2 ta 3-örinni egallagan terma jamoalar çorak finalga yöl oladi.
Osiyo kubogining saralaş bahslari yakunlangaç, yarim final öyinlari 27-noyabr, 3-örin va final bahsi 28-noyabr kuni bölib ötadi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA