Özbekiston Saudiya Arabistoniga qarşi - Dohada tarix yangilanadimi?
Özbekiston milliy terma jamoasi 17-noyabr kuni Qatar poytaxti Doha şahrida Saudiya Arabistoniga qarşi maydonga tuşadi. Noyabr oyidagi xalqaro yiğin doirasida ötkaziladigan mazkur uçraşuv Fabio Kannavaro boşçiligidagi jamoa uçun navbatdagi muhim sinov böladi.
Bölajak bahsga har ikki jamoa turliça kayfiyatda yetib kelmoqda. Saudiya Arabistoni Janubiy Koreyani 3:2 hisobida mağlub etgan bölsa, Özbekiston Rossiyaga qarşi uçraşuvda 2:0 hisobidagi ustunlikni saqlab qola olmadi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uçraşuv «Jassim bin Hamad» stadionida Toşkent vaqti bilan soat 20:30 da boşlanadi. Öyin oldidan Özbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari örtasidagi uçraşuvlar statistikasiga nazar taşlaş örinli. Ikki terma jamoa şu kunga qadar 12-marta özaro kuç sinaşgan. Ularning törttasida futbolçilarimiz ğalaba qozongan, yettitasida saudiyaliklar zafar quçgan, yana bir uçraşuv durang bilan yakunlangan.
Tarixdagi eng esda qolarli ğalabalarimizdan biri 1994-yilgi Osiyo öyinlarida qayd etilgan. Öşanda terma jamoamiz raqibni 4:1 hisobida mağlub etgan. 2008-yilda Jahon çempionati saralaş bahsida ham futbolçilarimiz 3:0 hisobida ğalaba qozongan. 2015-yilgi Osiyo kubogida esa saudiyaliklar ustidan 3:1 hisobidagi ğalabaga erişilgan.
Biroq, sönggi yillarda özaro bahslarda ustunlik Saudiya Arabistoni tomonida. Özbekiston terma jamoasi uşbu raqibni oxirgi marta 2015-yilda mağlub etgan. Şu bois Doha şahridagi uçraşuv futbolçilarimiz uçun nafaqat navbatdagi sinov, balki özaro öyinlardagi salbiy anʼanaga barham beriş imkoniyati hamdir.
Bu maqsadga erişişda hujum çiziğidagi samarali harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, terma jamoamizning tajribali hujumçisi Eldor Şomurodovdan köp narsa kutilmoqda. Qolaversa, u Saudiya Arabistoniga qarşi öyinlarda gol urgan amaldagi tarkibimizdagi yagona futbolçi hisoblanadi. Şomurodov 2019-yilgi bahsda raqib darvozasini işğol etgan edi. Bu safar ham uning Doha maydonidagi harakatlari muxlislar eʼtiborida bölişi tabiiy.

Ayni paytda Özbekiston terma jamoasining bugungi salohiyatini faqat özaro uçraşuvlar tarixi bilan baholaş töğri emas. Sönggi yillarda mamlakatimiz futbolida sezilarli özgarişlar yuz berdi. Davlatimiz rahbarining sohaga qaratayotgan eʼtibori, futbol tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar va yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida yangi avlod vakillari xalqaro maydonga dadil kirib kelmoqda. Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev, Behruzbek Karimov, Umarali Rahmonaliyev kabi yoş futbolçilarning kamol topişi ham bu jarayon samarasidir.

FIFAning rasmiy reytingida Özbekiston 61-örinni, Saudiya Arabistoni esa 54-poğonani egallab turibdi. «Transfermarkt» maʼlumotlariga köra, Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibining umumiy bozor qiymati 38 million yevro, futbolçilarining örtaça yoşi 27,8 ni taşkil etadi. Özbekiston terma jamoasida esa bu körsatkiçlar mos ravişda 81,8 million yevro va 24,7 yoşga teng. Demak, futbolçilarimiz örtaça uç yoşga yoşroq, tarkibimizning bozor qiymati esa raqibnikidan ança yuqori. Bu raqamlar jamoamizda yoş va istiqbolli futbolçilar salmoği katta ekanini körsatadi.
Albatta, Saudiya Arabistoni terma jamoasi Osiyo futbolida katta tajribaga ega. Jamoa Jahon çempionatlarida bir neça bor iştirok etgan, qitʼa miqyosidagi musobaqalarda ham yuqori natijalar qayd etgan. Şu bois vakillarimizdan uçraşuv davomida yuqori darajadagi intizom va diqqat talab etiladi.

Fabio Kannavaro boşçiligidagi terma jamoada yangi öyin uslubini şakllantiriş jarayoni davom etmoqda. Bunday paytda kuçli raqiblarga qarşi örtoqlik uçraşuvlari murabbiylar ştabi uçun muhim tajriba vazifasini ötaydi. Ayniqsa, yoş futbolçilarning imkoniyatlarini baholaş, tarkibdagi raqobatni kuçaytiriş va jamoaning turli vaziyatlardagi harakatlarini takomillaştiriş dolzarb ahamiyatga ega.
Rossiyaga qarşi bahsda yöl qöyilgan xatolardan xulosa çiqariş, himoya va hujum çiziqlari örtasidagi boğliqlikni yaxşilaş Saudiya Arabistoniga qarşi öyinda muhim omil böladi. Eng muhimi, terma jamoamiz Doha maydonida öz imkoniyatlarini töliq namoyon etib, muxlislarni quvontiradigan natija qayd etişi kerak.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA