ŞHT kubogi: Özbekiston dzyudoçilaridan 7 ta medal
Rossiya poytaxti Moskva şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga aʼzo davlatlar sportçilari örtasida bir neçta sport turi böyiça kompleks musobaqalar ötkazilmoqda.
Mazkur musobaqalar doirasida taşkil etilgan ŞHT oçiq kubogida dzyudo böyiça Özbekiston terma jamoasi vakillari ham muvaffaqiyatli iştirok etdi. Eʼtiborlisi, musobaqada iştirok etgan sakkiz nafar dzyudoçimizdan yetti nafari sovrindorlar safidan joy oldi.
Bellaşuvlarda Nizomiddinxöja Toşpölatov (-73 kg) va Muhammadali Tangriyev (+100 kg) barça raqiblarini yengib, oltin medalni qölga kiritdi. Muhayyo Axmatova (-57 kg), Sarvinoz Husanova (-63 kg), Alişer Samanov (-90 kg) hamda Muhammadali Zoirov (-100 kg) musobaqaning kumuş medali bilan taqdirlangan bölsa, Sevinç Murodova (-48 kg) bronza medaliga sazovor böldi.
Şu tariqa, dzyudoçilarimiz ŞHT oçiq kubogini ikki oltin, tört kumuş va bir bronza jami 7 ta medal bilan yakunladi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA