Dommaraju Gukeş: “Sindorovning şaxmatdan zavq olişi menga ilhom bağişlaydi”
Javohir Sindorov-Dommaraju Gukeş örtasida Jahon şaxmat toji va unvoni uçun ötadigan bahs boşlanişiga deyarli bir haftaça vaqt qoldi.
Şveysariyaning Jeneva şahrida ötkaziladigan mazkur tarixiy bahs oldidan şaxmatga oid turli internet naşrlari, axborot vositalarida bir-biridan qiziqarli munosabatlar bildirilmoqda.
Kuni keça Hindistonning “ChessBase India” naşri amaldagi jahon çempioni Dommaraju Gukeş va sobiq jahon çempioni Vişvanatan Anand örtasidagi suhbatni keng jamoatçilikka havola etdi.
Muloqot jarayonida Gukeş Javohir Sindorovning öyin taktikasi, ular örtasidagi munosabat va boşqa omillar haqida fikr bildirdi.
-Sindorovdan köp narsa örganiş mumkin. U bugungi davrning eng yorqin vakili. Men ham undan köp narsalarni örganganman va örganmoqdaman. U şaxmat öynayotganida juda baxtli körinadi. Şu jihatdan, uning öyin uslubi, atrofga munosabati, vazminligi menga ilhom bağişlaydi, - deya taʼkidlagan.
Hindistonlik grossmeyster sönggi vaqtlarda yuqori natijalarni qayd etişiga bosim va katta kutilmalar xalaqit berayotganini tan oldi. Hozir esa u şaxmatdan va hayotdan köproq zavq olişga, har kuni özini baxtli his qilişga intilayotganini aytib ötdi.
Gukeş bölajak raqibining kuçli tomonlarini eʼtirof etib, özining jahon çempionati öyinida iştirok etgani va kuçlilar bilan uzoqroq vaqt öynaganini Sindorovdan ustun jihati, deb hisoblaşini qayd etgan.
Eslatib ötamiz, Gukeş va Sindorov örtasidagi jahon çempionatining birinçi tur bahsi 24-noyabr kuni bölib ötadi.
Musobaqa 12-dekabrga qadar davom etadi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA