Sirdaryolik xotin-qizlar vodiy tajribasini örganişdi
Bir mahallada römol tikib, yuzlab ayollar daromad topmoqda, boşqasida xonadon yertölasi kiçik issiqxonaga aylangan, yana birida esa tomorqaçilik va hunarmandçilik butun oilalar farovonligiga xizmat qilmoqda. Vodiy viloyatlaridagi ana şunday hayotiy tajribalar sirdaryolik xotin-qizlar delegatsiyasi uçun öziga xos amaliy maktab böldi.
Sirdaryo viloyati hokimligi hamda Oila va xotin-qizlar boşqarmasi taşabbusi bilan Andijon, Farğona va Namangan viloyatlariga uyuştirilgan safarda tuman va şahar hokimliklari masʼullari, oila va xotin-qizlar bölimlari rahbarlari hamda tadbirkor ayollar iştirok etişi. Safar davomida hududlarda xotin-qizlar bandligini taʼminlaş, kasanaçilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, xonadonlar daromadini oşiriş borasida töplangan tajribalar örganildi.

— Oçiğini aytganda, bu safar delegatsiyamiz aʼzolari uçun öziga xos amaliy maktab böldi. Birinçi kuni Andijon viloyatining Şahrixon tumanida böldik. Bu yerda Mullavoy, Bahor va Qorakörpa mahallalarida yölga qöyilgan novvoyçilik, tikuvçilik, körpaçilik, tönçilik va döppiçilik yönalişlaridagi faoliyat bilan tanişib, tajriba almaşdik. Böston tumanidagi dual taʼlim tizimi joriy etilgan 21-umumtaʼlim maktabi faoliyati, Davlatobod va Obod mahallalaridagi çevarçilik hamda çorvaçilik tajribalari ham eʼtiborimizni tortdi. Har bir hududda öziga xos yondaşuv, amaliy natija va örganişga arzigulik tajriba bor. Taassurotlarimiz katta, — deydi Guliston şahar hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Aziza Payziyeva.

Farğona viloyatidagi örganişlar tadbirkorlikni rivojlantiriş, işlab çiqariş kölamini kengaytiriş va aholini daromadli mehnatga jalb etişga qaratilgan loyihalar bilan davom etdi.

— «Qayum» hamda «Qozoqi», «Quva anori», «Qora dona» va «Qizil pöçoq» kabi anor navlari bilan maşhur Quva tumanidagi «Farğona anorçilik» agrofirmasi va uning rahbari Mastura Sayfutdinovaning tajribasini har qança örgansa arziydi. Bizga bu yerda anor köçatini yetiştirişdan tortib, hosilga kirgunça bölgan jarayon, parvarişlaş, suğoriş va agrotexnologiyalar haqida batafsil maʼlumot berişdi. Eʼtiborimizni tortgan jihati — 300 gektar maydonda anorçilik yölga qöyilgani, xöjalikda 100 ta doimiy iş örni yaratilganidir. Bundan taşqari, 150 ta xonadon bilan hamkorlik örnatilib, ularga anorçilikni rivojlantirişda amaliy kömak berilmoqda. Tadbirkorning hayot yöli va faoliyati haqida alohida kitob naşr etilgani ham eʼtiborga molik.
Bu tajriba biz uçun ayniqsa muhim. Çunki Mirzaobod tumani ham qovun-tarvuzi, şuningdek, «Qoraqayin», «Qora dona» anor navi bilan tanilgan. Mastura opaning tajribasi mirzaobodlik anor yetiştiruvçilar uçun ham asqotişi şubhasiz. Zero, har qanday muvaffaqiyat ortida bilim, izlaniş, öz kasbining ustalaridan olingan saboq va maslahatlar turadi, — deydi Mirzaobod tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Yulduz Eşmurodova.

Quva tumanida Barno Ikromova tomonidan noyob turdagi ösimlik köçatlarini yetiştiriş yölga qöyilgani ham delegatsiya aʼzolarida qiziqiş uyğotdi. Mazkur loyiha doirasida 30 ta iş örni taşkil etilgan. Tadbirkor öz tajribasini boşqa viloyatlarda ham tatbiq etib kelmoqda.

Farğona şahrining Maşʼal mahallasida esa Tohirjon Abdusamatovning startap loyihasi asosida köp qavatli uylar yertölalarida 80 turdagi şifobaxş kökatlar yetiştiriş yölga qöyilgan. 2020-yilda boşlangan loyiha natijasida 50 ta iş örni yaratilgan. Ayni paytda tadbirkor oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy izlanişlar olib bormoqda. Bu tajriba foydalanilmayotgan binolar va maydonlardan ham samarali foydalanib, ularni daromad keltiradigan işlab çiqariş hududlariga aylantiriş mumkinligini körsatadi.

Farğona tumanidagi Dilkuşo mahallasida yaşovçi Malikaxon Törayevaning malina yetiştiriş va qayta işlaş faoliyati örganildi. Tadbirkor işlab çiqarişni kengaytiriş orqali sakkizta iş örni yaratgan. Yetiştirilgan mahsulotlar qayta işlanib, qöşni viloyatlarga yetkazib berilmoqda. Soyböyi mahallasida Saodat Raimqulova taşkil etgan quruq mevalarni qayta işlaş va qadoqlaş faoliyati ham eʼtiborga molik. Korxona mahsulotlari Rossiya va Xitoy bozorlariga eksport qilinmoqda, bu yerda 25 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlangan.

Namangan viloyatidagi örganişlar kasanaçilik, tomorqaçilik, çorvaçilik, baliqçilik va mahalla infratuzilmasini rivojlantiriş yönalişlarini qamrab oldi.

Namangan tumanida qariyb 30 yildan buyon eçki junini qayta işlaş bilan şuğullanib kelayotgan Sojida Yöldaşaliyevna Ortiqovaning römolçilik yönalişidagi kasanaçilik faoliyati bilan tanişildi. Tadbirkor 100 nafardan ortiq kişining bandligini taʼminlagan. Xotin-qizlar uy şaroitida mehnat qilib, daromad topmoqda, tayyor mahsulotlar esa içki bozor bilan birga xorijga ham eksport qilinmoqda. Bu tajriba kasanaçilik orqali nafaqat iş örinlari yaratiş, balki milliy hunarmandçilik anʼanalarini davom ettiriş mumkinligini ham körsatadi.
Tumandagi Ravnaq mahallasida Olimaxon Umarova tomonidan olti yildan buyon rivojlantirib kelinayotgan bedanaçilik faoliyati örganildi. Pastki Çöja mahallasida esa zamonaviy issiqxonalarda qulupnay yetiştiriş va tomorqadan samarali foydalaniş tajribasi bilan tanişildi.

Boyovul mahallasida limonçilik aholi daromadining muhim manbaiga aylangan. Mahmudovlar xonadonida limon köçatlarini yetiştiriş va parvarişlaş jarayoni bilan tanişildi. Mahalladagi 535 ta xonadonda 2 691 nafar aholi istiqomat qiladi. Şundan 380 ta xonadonda limonçilik issiqxonalari taşkil etilgan. Bu esa birgina yönalişning özi ham köplab oilalar uçun daromad manbaiga aylanişi mumkinligini körsatadi.

Norin tumanida farel yetiştirişga ixtisoslaşgan baliqçilik xöjaligi faoliyati bilan tanişildi. Baliqlarni parvarişlaş, zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş, sifatli ozuqa bilan taʼminlaş va işlab çiqariş imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Şuningdek, Yangi Namangan mahallasida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari, yangilangan infratuzilma bilan tanişildi.

Uyçi tumanidagi Islomobod mahallasida joylaşgan «Uychi Nuts» korxonasida yonğoq mahsulotlarini qayta işlaş, çaqiş, mağzini saralaş va qadoqlaş işlari yölga qöyilgan.

Korxona mahsulotlari Turkiya va Ruminiyaga eksport qilinib, şu kunga qadar qariyb 7 million AQŞ dollari miqdorida mahsulot yetkazib berilgan. Bu yerda 31 nafar xotin-qizning doimiy bandligi taʼminlangan.
Korxonaning yana bir muhim jihati şundaki, Xitoydan keltirilgan yonğoq mahsulotlarini mahalladagi 600 ta xonadonga tarqatiş orqali aholiga uy şaroitida mehnat qilib, qöşimça daromad topiş imkoniyati yaratilgan. Yaʼni korxona faoliyati işlab çiqariş bilan çeklanmay, mahalla aholisini ham iqtisodiy jarayonlarga jalb etmoqda.

Yorkatoy mahallasida tadbirkor Sohiba Nurmatova tomonidan taşkil etilgan çinni-fayans va sopol buyumlar işlab çiqariş sexi faoliyati ham örganildi. Bir yil avval iş boşlagan korxonada 20 nafar xotin-qiz doimiy iş bilan taʼminlangan. Bundan taşqari, beşta xonadon kasanaçilik asosida işga jalb qilingan bölib, umumiy hisobda 40 nafarga yaqin xotin-qiz mehnat qilmoqda.
Sexda oyiga 35 mingdan 60 ming donagaça çinni buyumlar işlab çiqarilmoqda. Mahsulotlarning sakkiz turi içki bozorga va Xitoyga yetkazib berilmoqda. Korxonada işlab çiqarişni kengaytiriş bilan bir qatorda, xotin-qizlarni kasbga örgatiş va ustoz-şogird anʼanalarini rivojlantirişga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Delegatsiya aʼzolari har bir hududdagi loyihalar bilan tanişar ekan, ularning qaysi jihatlarini Sirdaryo şaroitida qöllaş mumkinligiga ham eʼtibor qaratdi. Ayniqsa, mahallalarning mavjud salohiyatidan kelib çiqib, xotin-qizlarni kasanaçilikka jalb etiş, kiçik işlab çiqarişni taşkil qiliş va qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş orqali qöşimça daromad manbalarini yaratiş masalalari muhokama qilindi.
— Vodiy viloyatlariga safar davomida xotin-qizlar bandligini taʼminlaş va oilaviy daromadni oşirişga qaratilgan köplab samarali loyihalar bilan tanişdik. Ayniqsa, kasanaçilikni taşkil etiş, xonadonlarda kiçik işlab çiqarişni yölga qöyiş, tomorqadan unumli foydalaniş va tadbirkorlik orqali yangi iş örinlari yaratiş borasidagi tajribalar biz uçun muhim ahamiyatga ega böldi. Bunday loyihalar har bir mahallaning imkoniyatlari va xotin-qizlarning qiziqişlaridan kelib çiqib, bandlikni taʼminlaş mumkinligini körsatadi. Örgangan tajribalarimizni Şirin şahrida ham tatbiq etiş, iş bilan band bölmagan xotin-qizlarni kasanaçilik va oilaviy tadbirkorlikka jalb qiliş, ular uçun barqaror daromad manbalarini yaratiş böyiça işlarni davom ettiramiz, — dedi Şirin şahar hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Dildora Umarova.

— Vodiy viloyatlarida xotin-qizlar bandligini taʼminlaş, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş va kasanaçilikni kengaytiriş böyiça amaliy natijalarga ega loyihalar bilan tanişdik. Ayniqsa, xonadonlarni işlab çiqariş jarayonlariga jalb etiş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş orqali aholi daromadini oşiriş tajribasi eʼtiborimizni tortdi. Bu kabi taşabbuslar xotin-qizlarga öz yaşaş joyida mehnat qiliş, kasb-hunar egallaş va oila byudjetiga hissa qöşiş imkonini beradi. Örgangan tajribalarimiz asosida Guliston şahrida ham mahallalar imkoniyatlaridan kelib çiqib, yangi loyihalarni amalga oşiriş, kasanaçilik va oilaviy tadbirkorlikni kengaytirişga eʼtibor qaratamiz. Bunda asosiy vazifa har bir taşabbusni barqaror daromad manbaiga aylantirişdan iborat, — deydi Guliston şahar hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Aziza Payziyeva.

Vodiy viloyatlarida örganilgan tajribalar şuni körsatdiki, xotin-qizlar bandligini taʼminlaşning yagona qolipi yöq. Kimdir hunarmandçilik orqali, yana kimdir tomorqaçilik, kasanaçilik yoki qayta işlaş sohasida öz daromad manbaini yaratişi mumkin. Muhimi, har bir mahallaning imkoniyatini töğri baholaş, taşabbuskor ayollarni qöllab-quvvatlaş yaxşi natija bergan tajribalarni Sirdaryo şaroitiga moslaştirib, amaliyotga joriy etişdir.
Ğulom Primov,ÖzA muxbiri