Sirdaryo havzasida suğoriş tizimi ilmiy asosda takomillaştiriladi (+video)
Markaziy Osiyo suv muammosiga zamonaviy yeçim topdi. Sirdaryo havzasida sunʼiy yöldoş maʼlumotlari asosida ekinlarni suğorişning yangi, ilmiy asoslangan meʼyorlari işlab çiqildi.
Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi Ijroiya qömitasi 2025-yilda Sirdaryo havzasida suğoriş tizimini aniqlaştirişga qaratilgan ikki yillik loyihani boşladi. Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) granti kömagida amalga oşirilgan uşbu loyihaning asosiy maqsadi – qişloq xöjaligi ekinlarining suv isteʼmolini va samarali suğoriş tartiblarini ilmiy asosda belgilaş.
Loyihada masofaviy zondlaş va sunʼiy yöldoş maʼlumotlaridan faol foydalanildi. Natijada asosiy ekinlar uçun suv sarfining yangilangan, ilmiy asoslangan meʼyorlari va suğoriş tartiblari işlab çiqildi.
Mutaxassislar iqlim, tuproq, sizot suvlari sathi va ekin maydonlari holatiga oid maʼlumotlarni yangilab, sunʼiy yöldoş maʼlumotlari asosida ekinlarning suvga bölgan ehtiyojini tabiiy va xöjalik xususiyatlarini hisobga olgan holda tahlil qildi. Loyiha doirasida jami uçta mintaqaviy seminar ötkazilib, uning yakuniysi Toşkentda bölib ötdi. Unda loyihaning asosiy natijalari, xususan, ekinlarni suğoriş tartiblariga kiritilgan özgartirişlar va Sirdaryo havzasining gidromodul rayonlaştiriş interaktiv GAT-xaritasi taqdim etildi.
Anjumanda Markaziy Osiyoning beş mamlakatidan vakillar qatnaşyapti. Sirdaryo havzasining gidromodulli rayonlaştirilişiga ikkita juda salohiyatli ilmiy-tadqiqot instituti jalb etilgan.
Şuningdek, loyiha doirasida suv resurslaridan samarali foydalaniş, yerlarning şörlanişi va degradatsiyasi xavfini kamaytiriş böyiça muhim tavsiyalar tayyorlandi. Bu taşabbus Sirdaryo havzasida suv resurslarini uzoq muddatli boşqariş uçun zamonaviy tahliliy baza yaratdi. Natijada Qozoğiston va Özbekistondagi 1,7 million gektardan ortiq suğoriladigan yerlarni, jumladan, Turkiston, Qizilörda, Andijon, Namangan va Farğona viloyatlaridagi suvning bugungi holati böyiça tahlillari işlab çiqildi.
Uşbu seminarlarda davlat idoralari, ilmiy va suv xöjaligi taşkilotlari vakillari, fermerlar hamda xalqaro ekspertlar iştirok etib, amaliy tajriba almaşdi. Bu taşabbus Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi va barqaror rivojlanişni taʼminlaşga muhim hissa qöşdi. Yetakçi ilmiy markazlar hamkorligi esa iqlim özgarişi va suv taqçilligi bilan boğliq muammolar kuçayib borayotgan bir şaroitda ilmiy asoslangan qarorlar qabul qiliş uçun mustahkam zamin yaratdi.
Sanjar Toşpölatov,
Doniyor Yakubov (video),
Uluğbek Töxtayev,
ÖzA