Şaxmat: sönggi turda qizlarimiz Rossiya, yigitlar BAA bilan kuç sinaşadi
Bugun Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrida şaxmat böyiça Osiyo millatlar kubogining erkaklar va ayollar jamoalari örtasida sönggi tur öyinlari bölib ötadi.
Ayollar jamoalari örtasida 12 oçko bilan muddatidan avval çempionlik şohsupasini band etgan Rossiya ayollar jamoasi sönggi 7-tur bahsida Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Gulruhbegim Tohirjonova, Nilufarxon Imomqöziyevadan iborat Özbekiston jamoasi bilan bahs olib boradi.

Erkaklar jamoalari örtasidagi oxirgi 9-tur musobaqasida esa özbekistonlik şaxmatçi yigitlar Birlaşgan Arab Amirligi jamoasi bilan kuç sinaşadi.
Keça ötkazilgan 8-tur musobaqalarida Humoyun Bekmuratov, Muhammadali Abdurahmonov, Bahrom Bahrillayev, Abdumajid Botiraliyevdan iborat Özbekiston jamoasi Xitoy şaxmatçilariga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy bergan vaziyatda şaxmatçi qizlarimiz 6-turda BAA vakillarini 4:0 körinişida doğda qoldirdi.
Oxirgi tur öyinlari ostonasida Özbekiston ayollar terma jamoasi 7 oçko bilan 4-örinni band etib turibdi. Qitʼa kubogida yetakçilik qilayotgan Rossiyada 12, keyingi örinlarni band etgan Xitoyda 9 va Qozoğiston jamoasi hisobida 8 oçko mavjud.

Erkaklar jamoalari orasida Rossiya jamoasi 14 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. Hindiston va Xitoy jamoalari 13 oçko bilan yetakçini taʼqib etmoqda. Mamlakatimiz şaxmatçi yigitlari 8 oçko bilan 21 ta terma jamoa orasida 7-qatorda harakatlanmoqda.
Tölqin Röziyev,
ÖzA