Shaxmat Olimpiadasi: O‘zbekiston-1 ayollar jamoasi Niderlandiyani mag‘lub etdi
Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ortda qolgan 8-turi O‘zbekiston jamoalari uchun har jihatdan murakkab kechdi. Abdusattorov yetakchiligidagi yigitlarimiz ilk bor raqibiga ochko taqdim etgan vaziyatda Afruza Hamdamova sardorligidagi qizlarimiz raqiblarini dog‘da qoldirldi.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidovdan iborat O‘zbekiston-1 jamoasi ushbu turda Germaniya jamoasi bilan kuch sinashdi.

Murakkab va katta ruhiy bosim ostida kechgan “jang”larda Nodirbek Abdusattorov Vinsent Kaymer bilan murosa yo‘lini tanlagan bo‘lsa, Javohir Sindorov azaliy raqiblaridan biri Блуебаумни mag‘lub etdi. 3 va 4-taxtalarda harakatlangan Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov esa aka-uka Frederik va Rasmus Sveynsga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ushbu o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, 5-turda AQSHni, 7-turda Turkiyani mag‘lub etgan, 6-turda Xitoyga taslim bo‘lgan Germaniya hamyurtlarimizdan 2,5:1,5 hisobida ustunlikka erishdi.
Yakunlangan 8-turda O‘zbekiston-1 jamoasining ta’qibchilari sanalgan Hindiston Ozarbayjon jamoasi bilan, Niderlandiya Armaniston bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, AQSH Serbiyani 3,5:05 hisobida mag‘lub etdi. Xitoy-Polsha bahsida 2,5:1,5 ko‘rsatkichi qayd etildi.

Olimpiadaning ayollar musobaqasining 8-turida Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva, Guldona Karimovadan iborat O‘zbekiston-1 Niderlandiya vakillarini 3:1 hisobida dog‘da qoldirib, sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik maqomini mustahkamladi.
Musobaqalar davom etmoqda.
T. Ro‘ziyev, A. Mamadaminov(foto), O‘zA