O‘zbekiston milliy terma jamoasi g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
Farg‘ona shahridagi «Istiqlol» stadionida o‘tgan mazkur o‘yinda terma jamoamiz 3:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda Eldor Shomurodov (dubl) va Husayn Norchayev tomonidan kiritlgan gollar o‘yin taqdirini hal etid.
Endi Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-oktabr kuni Toshkentda Suriya termasiga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, 6-oktabr kuni Janubiy Koreya maydonida mezbonlarga qarshi o‘ynaydi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA