Futbol: O‘zbekistonlik hakamlar “Osiyo kubogi-2027”da faoliyat yuritadi
O‘zbekistonlik hakamlar 2027-yilning 7-yanvar-5-fevral kunlari Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi bahslarini boshqarib borishda ishtirok etadi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur qit’a kubogi o‘yinlarida ishlaydigan hakamlar va nazoratchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
E’tiborli jihati, Osiyo kubogida O‘zbekistondan bosh hakam Ilgiz Tantashev va Asker Najafaliyev, yordamchilar Timur Gaynulin, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Andrey Sapenko, VAR hakami sifatida Firdavs Norsafarov, nazoratchi Valentin Kovalenko faoliyat olib borishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi-2027 musobaqalarida 24 ta milliy terma jamoalar 6 ta guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston terma jamoasi qit’a kubogining “B” guruhida Bahrayn, Iordaniya, KXDR jamoalari bilan kuch sinashadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA