Shaxmat olimpiadasi: G‘oliblik cho‘qqisiga bir qadam qoldi
Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 10-tur bahslari mamlakatimizning birinchi jamoasi uchun omadli yakunlandi.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov dona surgan O‘zbekiston-1 jamoasi Armaniston vakillarini dog‘da qoldirdi.
Shaxmatchilarimizdan N.Abdusattorov, J.Sindorov va M.Madaminov armanistonlik raqiblarini mag‘lub etdi.
O‘zbekiston-2 jamoasi bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biri Hindiston vakillariga imkoniyatni boy berdi.
Yosh shaxmatchilardan tashkil topgan O‘zbekiston-3 erkaklar jamoasi esa mazkur turda Isroil vakillariga munosib qarshilik ko‘rsatib, kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
12-tur o‘yinlari ostonasida O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
Olimpiadaning xotin-qizlar o‘rtasida kechgan 10-turida O‘zbekiston-1 jamoasi Peru shaxmatchi qizlarini katta hisobda mag‘lub etdi.
[gallery-31630]
Eslatib o‘tamiz, ertaga, 27-sentabr kuni so‘nggi tur natijalariga ko‘ra, shaxmat olimpiadasining g‘olib va sovrindor jamoalari ma’lum bo‘ladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA