Samarqandda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning yangi prezidenti saylandi
Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 97-Kongressi doirasida Bosh Assambleya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anand, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Abdulla Aripov so‘zga chiqib, Samarqandda FIDEning xalqaro tadbirlari yuksak saviyada o‘tayotganini ta’kidladi. Shuningdek, tashkilotning o‘tgan davrdagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Shundan so‘ng FIDE prezidentligiga nomzodlar o‘z taqdimotlarini o‘tkazdi va saylov jarayonlari tashkil etildi.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston shaxmat federatsiyasi prezidenti, «Freedom Holding Corp.» asoschisi va rahbari Timur Turlov FIDE prezidenti etib saylandi. Vishvanatan Anand esa tashkilot vitse-prezidenti bo‘ldi.
38 yoshli T.Turlov FIDE tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi. U 2023-yildan beri Qozog‘iston shaxmat federatsiyasiga ham rahbarlik qilib keladi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri