Şaxmat: Nodirbek Abdusattorov bugun Yan-Kşiştof Dudaga qarşi dona suradi
Bugun, 12-noyabr kuni Vengriyaning Budapeşt şahrida şaxmat böyiça yangi formatda ötayotgan “Total Chess World Championship Tour 2026” musobaqasi “Fast Classic” formatidagi bahslarning ikkinçi kunida Nodirbek Abdusattorov “A” guruhida polşalik Yan-Kşiştof Duda bilan 3-4-tur öyinlarida kuç sinaşadi.
Keça mazkur “Fast Classic” formatidagi musobaqalarda 6 ta guruhga taqsimlangan 24 nafar şaxmatçi dastlabki tur öyinlarida tönaş kelişdi.
Musobaqaning “A” guruhi 1- va 2-turlarida Abdusattorov fransiyalik Alireza Firuzjaga qarşi dona surib, 1 ta mağlubiyat, 1 ta durang natijasini qayd etdi.
Mukofot jamğarmasi 650 ming AQŞ dollarini taşkil etuvçi yangi formatdagi turnirning keçagi bahslari natijasiga köra, “A” guruhida Yan-Kşiştof Duda va Alireza Firuzja 4 oçko jamğarişga muvaffaq böldi.
Amerikalik Levon Aronyan hamda niderlandiyalik Jorden van Forest 3 oçkoga ega çiqişdi. Abdusattorov va Endryu Z.Xong 1 oçko bilan kifoyalandi.
Şuningdek, “B” guruhida AQŞ vakili Fabiano Karuana va vetnamlik Liyem Le, “S” guruhida rossiyalik Yan Nepomnyaşiy, “D” guruhida fransiyalik Maksim Vaşe-Lagrav 4 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda.

“Total Chess World Championship Tour 2026” çempionatining “Fast Classic” formatidagi bahslari 9 ta turdan iborat bölib, 15-noyabrga qadar davom etadi.
Har bir guruh ğolibi çempionlik uçun ötkaziladigan pley-offga yöl oladi. Qolgan iştirokçilar esa guruhdagi örniga qarab alohida pley-off bahslarida kuraşni davom ettiradi. Guruhlarda 2-örinni egallaganlar 5–8-örinlar, 3-örinni egallaganlar esa 9–12-örinlar uçun bellaşadi.
Turnir ğolibi 20-noyabr kuni aniqlanadi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA