Özbekistonlik nomzod "World Boxing" vitse-prezidentligiga daʼvogar
Özbekiston boks federatsiyasi boş kotibi Şohid Tillaboyev nomzodi "World Boxing" taşkiloti vitse-prezidentligiga daʼvogarlar qatorida qayd etildi.
Olimpiya boksining boş organi hisoblangan “World Boxing” taşkilotining vitse-prezidentligiga hamyurtimizdan taşqari Rauan Igenev (Qozoğiston), Iştvan Kovaç (Vengriya), Mettyu Xolt (Buyuk Britaniya), Pavel Ginek (Çexiya), Mariam Dondua (Gruziya) va Nayef al Hoşim (Iordaniya) nomzodlari körsatilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 20-noyabr kuni “World Boxing” taşkilotining kongressida taşkilot vitse-prezidenti uçun saylovlar bölib ötadi.
T.Röziyev,
ÖzA