Futbol: Özbekiston ayollar jamoasining "Los-Anjeles-2028" yöllanmasi uçun kuraşdagi raqiblari maʼlum
Futbol böyiça ayollar terma jamoamiz "Los-Anjeles-2028" Olimpiadasi uçun hal qiluvçi saralaşga tayyorlanmoqda. Ularni kuçli raqiblar bilan keskin öyinlar kutmoqda.
Hamyurtlarimiz Olimpiada yöllanmasi uçun keçadigan saralaş musobaqasida Yaponiya, Avstraliya va Xitoy Taypeyi terma jamoalari bilan kuç sinaşadi.
2027-yilning 19-aprelidan 4-dekabrga qadar davom etadigan saralaş musobaqasi guruh bahslarida har bir terma jamoa 6 tadan öyinda maydonga tuşadi. 3 tasini öz maydonida, qolgan 3 tasini safarda ötkazadi.

Dasturga köra, har ikki guruh ğolibi “Los-Anjeles-2028” Olimpiada öyinlariga töğridan-töğri yöllanmani qölga kiritadi.
Ikkinçi örinni egallagan jamoalar 2028-yilning 28-fevral va 4-mart kunlari pley-off bosqiçida töqnaş keladi. Uşbu qarama-qarşilik ğolibi Argentina terma jamoasiga qarşi qitʼalararo saralaş öyinida bahs olib boradi.
T.Röziyev,
ÖzA