Özbekiston bayroği: ğalabalar bilan yuksalgan milliy ğurur
Özbekiston Davlat bayroği nafaqat mustaqillik ramzi, balki xalqaro maydonlardagi ğalabalarimiz va milliy ğururimiz timsolidir.
18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun. 1991-yilning şu sanasida Oliy Kengaşning sakkizinçi sessiyasida «Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida»gi qonun qabul qilindi. Şu tariqa mustaqil davlatimizning asosiy ramzlaridan biri huquqiy jihatdan mustahkamlandi.
Şundan buyon bayroğimiz mamlakatimiz suvereniteti, xalqimizning birdamligi va milliy ğururi timsoli sifatida qadrlanadi. U rasmiy tadbirlar va xalqaro anjumanlarda yurtimizni namoyon etsa, sport musobaqalaridagi ğalabalar orqali ham Özbekiston nomini dunyoga tanitadi.
Ayniqsa, sportçimiz şohsupaga kötarilib, bayroğimiz baland hilpiragan, madhiyamiz yangragan lahzalarning qadri özgaça. Bu manzara ortida yillar davomidagi maşaqqatli mehnat, murabbiylar fidoyiligi, ota-onalarning işonçi va butun xalqning quvonçi mujassam.
Bayroğimizdagi har bir rang va ramz öz maʼnosiga ega. Moviy, oq va yaşil tasmalar, ularni ajratib turuvçi qizil çiziqlar, yarim oy hamda ön ikki yulduz xalqimizning tarixi, qadriyatlari va ezgu intilişlarini ifoda etadi.

Moviy rang musaffo osmon va obihayot timsoli. U ezgulik, donişmandlik, halollik va sadoqat kabi tuşunçalar bilan boğliq. Sport nuqtai nazaridan qaraganda, bu rangni yuksak maqsadlar va çeksiz imkoniyatlarga qiyoslaş mumkin. Zero, har bir sportçining orzusi — yuksak marralarni zabt etib, Vatan nomini dunyoga tanitiş.
Oq rang tinçlik, poklik va ezgu niyatni anglatadi. Bu maʼno sportdagi halol raqobat, raqibga hurmat va adolat tamoyillari bilan hamohang. Yaşil rang — tabiatning yangilanişi, yoşlik va umid ramzi. Uni sportimizda kamol topayotgan yangi avlod, iqtidorli yoşlar va kelajak çempionlari bilan boğlaş mumkin. Qizil çiziqlar hayotbaxş kuç va tiriklik timsolidir. Sportda bu maʼno şijoat, jasorat va qatʼiyat bilan uyğunlaşadi. Bellaşuvning hal qiluvçi soniyalarida sportçini olğa boşlaydigan kuç ham mustahkam iroda va maqsadga sadoqat.
Albatta, bu ramzlarning rasmiy maʼnosi emas, balki ularga sport nuqtai nazaridan berilgan talqin.
Sportçining şohsupaga kötarilişi tomoşabin uçun bir neça daqiqalik hayajonli manzara. Ammo ana şu lahzaga yetib keliş uçun yillar kerak böladi. Erta tongdagi maşğulotlar, takror-takror bajarilgan maşqlar, mağlubiyatlardan çiqarilgan xulosalar va yanada kuçli bölişga intiliş — çempionlik yölining ajralmas qismi.
Bugun mamlakatimizda sportni rivojlantiriş, yoşlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etiş, iqtidorli sportçilarni saralaş hamda ularning mahoratini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zamonaviy sport inşootlari, «Olimpiya şaharçasi», ixtisoslaştirilgan maktablar va tayyorgarlik markazlari sportçilarimiz uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Bu işlardan közlangan maqsad faqat bugungi çempionlarni tayyorlaş emas. Eng muhimi, yoşlar iqtidorini erta aniqlaş, ularni qöllab-quvvatlaş va kelajakdagi ğalabalar uçun mustahkam zamin yaratiş.

Ana şu saʼy-harakatlar samarasini sportçilarimizning 2026-yilda xalqaro maydonlarda erişayotgan natijalarida ham köriş mumkin. Bu yil özbek sporti bir qator tarixiy ğalabalar bilan yodda qolmoqda.
Xususan, Yaponiyada ötkazilgan XX yozgi Osiyo öyinlari yilning eng yirik sport voqealaridan biri böldi. Qitʼaning 45 davlatidan qariyb 11 ming nafar sportçi iştirok etgan musobaqada Özbekiston delegatsiyasi 21 ta oltin, 25 ta kumuş va 24 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida beşinçi örinni egalladi. Hamyurtlarimiz 19 ta sport turida oltin medallarga sazovor böldi.
Parasportçilarimiz erişgan natija esa alohida eʼtirofga loyiq. Yaponiyada ötkazilgan V Paraosiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza — jami 145 ta medal bilan umumjamoa hisobida uçinçi örinni egalladi. Bu mamlakatimiz parasporti tarixidagi eng yaxşi natija böldi. Ilk bor delegatsiyamiz qitʼaning kuçli uçligidan joy oldi. Uşbu yutuq sportçilarimizning matonati va irodasini namoyon etiş bilan birga, parasportni rivojlantiriş borasidagi işlar samarasini ham körsatdi.

Samarqandda ötkazilgan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasida erkaklar terma jamoamizning çempion bölişi ham yilning quvonçli voqealaridan biriga aylandi. Jamoamiz hal qiluvçi bahslarda munosib öyin körsatib, musobaqa ğolibligini qölga kiritdi. Bu natija özbek şaxmatining jahon miqyosidagi mavqeini yana bir bor namoyon etdi.
Paravelosport böyiça jahon çempionatida ham Marjona Pardaboyeva va Pokiza Ahmadbekova yurtimiz şarafini munosib himoya qildi. Hamyurtlarimiz musobaqada uçta oltin va bitta kumuş medalga sazovor böldi. Marjona ikki bor şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarilgan bölsa, Pokiza bitta oltin va bitta kumuş medalni qölga kiritdi. Bu natija özbek paravelosporti tarixida jahon çempionatlarida qayd etilgan eng yaxşi körsatkiç böldi.
— Xalqaro maydonda Özbekiston nomidan iştirok etişning özi katta masʼuliyat. Ğalabadan keyin bayroğimiz yuksalişini köriş barça mehnatlaringiz zoye ketmaganini his qildiradi. Ayniqsa, Vatan bayroği köklarga kötarilib, madhiyamiz yangraganda közda quvonç yoşlari qalqiydi. Bu tuyğu yanada katta marralar sari undaydi, — dedi Marjona Pardaboyeva.

Oğir atletika böyiça Xitoyning Ninbo şahrida ötkazilgan jahon çempionatida hamyurtimiz Akbar Jörayev törtinçi bor jahon çempioni unvoniga sazovor böldi. 110 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida bahs olib borgan sportçimiz dast kötariş maşqida 198 kilogramm, ikkikuraşda esa 432 kilogramm natija qayd etib, biryöla ikkita jahon rekordini yangiladi.
— Şohsupaga kötarilib, Özbekiston bayroğini körgan lahzamni söz bilan ifodalaş qiyin. Bu paytda köz oldimdan qança mehnat, maşğulotlar, qiyin kunlar va yaqinlarimning qöllab-quvvatlaşi ötadi. Bayroğimiz kötarilib, madhiyamiz yangraganda özimni butun xalqimiz oldida turganday his qilaman. Bu nafaqat mening, balki menga işongan barça insonlarning ğalabasi, — dedi Akbar Jörayev.
Albatta, joriy yildagi yutuqlar bu bilan çeklanmaydi. Eng muhimi, bu muvaffaqiyatlar yoş avlod uçun ibrat maktabidir. Bugungi çempionlarning yutuqlari ertangi avlodni sport bilan şuğullaniş, mehnat qiliş va yuksak maqsadlar sari intilişga ruhlantiradi.

Bugun Özbekiston bayroği dunyoning turli mamlakatlaridagi sport arenalarida baland kötarilmoqda. Uning har bir yuksalişi ortida sportçining şaxsiy yutuği, murabbiylar mehnati, ota-onalar işonçi va yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar mujassam. Şu bois xalqaro maydonlardagi ğalabalarni faqat medallar soni bilan baholab bölmaydi. Bu natijalar mamlakatimizning sport salohiyati, xalqaro nufuzi va kelajak avlodga bölgan işonçining ham ifodasi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA