Şaxmat: Afruza Hamdamova jahon çempionati sovrindori
Birlaşgan Arab Amirliklarining Al-Ayn şahrida 20 yoşgaça bölgan şaxmatçilar örtasida poyoniga yetgan jahon çempionatining blits musobaqalarida Afruza Hamdamova muvaffaqiyatga erişdi.
Musobaqaning rapid yönalişida “Open” guruhida Humoyun Bekmuratov çempionlikka erişgan bölsa, ayollar guruhida Umida Omonova kumuş medalga sazovor bölgandi.
Keça jahon çempionatining 13 ta turdan iborat blits bahslarida ğolib va sovrindorlar nomi maʼlum böldi.

Ayollar örtasidagi blits musobaqalari yakuniga köra, mahoratli şaxmatçi qizimiz Afruza Hamdamova 9,5 oçko bilan kumuş medalga egalik qildi. Ğoliblik 10 oçko töplagan rossiyalik Valeniya Kleymenovaga nasib etdi. Hamyurtlarimizdan Umida Omonova 8,5 oçko bilan 6, Nilufarxon Imomqöziyeva 7 oçko jamğargan holda kuçli yigirmatalikdan joy egalladi.

Blits bahslarining “Open” guruhida Humoyun Bekmuratov va Muhammadzohid Suyarov 9 oçko bilan 9-10-örinlardan, Muzaffarjon Abdurasulov 7 oçko bilan 38, Usmonxon Tohirjonov 6,5 oçko bilan 100 nafar qatnaşçi orasida 44-poğonadan joy oldi. Sovrinli örinlar hindistonlik Pranav(10 oçko), qozoğistonlik Eldiyar Orazbayev(9.5 oçko) va armanistonlik Robert Pilipiosyan(9,5 oçko) tegişli böldi.
T. Röziyev, ÖzA